"Bavariya" Maunt bilan shartnoma imzolamoqchi
28 mar 2023 23:50
Yangiliklar
"Bavariya" Maunt bilan shartnoma imzolamoqchi
"CHelsi" futbolchisi Meyson Maunt "Bavariya"ga o'tishi mumkin.
"The Times" xabariga ko'ra, Myunxen klubi 24 yoshli xavbekning klub bilan munosabatlarini kuzatib bormoqda. Maunt va "CHelsi" shartnomani uzaytirish bobida kelisha olishmayapti. Futbolchining shartnomasi 2024 yi yozida yakuniga etadi. Agarda tomonlar kelisha olishmasa, "CHelsi" futbolchisini 50 mln funtga sotishga rozi bo'ladi.
Tomas Tuxel esa Maunt bilan "CHelsi"da birga ishlagan va uning o'yinlari yoqadi. Maunt ushbu mavsum 23 o'yinda 3 gol va 2 assist qayd etdi.
Fikrlar