"Bavariya" "Manchester Yunayted"ning rekordiga eta olmadi
09 apr 2021 01:33
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/630006_original.jpg)
![](/upload/storage/630006_220.jpg)
"Bavariya" "Manchester Yunayted"ning rekordiga eta olmadi
Kecha tunda "Bavariya" ECHLning 1/4 finalida o'z maydonida PSJga mag'lub bo'ldi.
SHu orqali Myunxen klubining ECHLdagi mag'lubiyatsiz seriyasi 19 o'yinda to'xtadi. Jamoa 2019 yilning mart oyidan buyon ECHLda mag'lub bo'lmayotgandi.
Bu boradagi rekord "Manchester Yunayted"ga tegishli. Ser Aleks Fergyuson boshqargan jamoa 2007 yilning sentyabridan 2009 yilning apreliga qadar ECHLning ketma-ket 25 o'yinida mag'lub bo'lmagandi.
SHuningdek, "Ayaks" 1994 yilning sentyabridan 1996 yilning martiga qadar 19 o'yinda yutqazmagandi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar