"Bavariya" "Manchester Siti" futbolchisini nishonga oldi
07 apr 2021 07:48
Yangiliklar


"Bavariya" "Manchester Siti" futbolchisini nishonga oldi
"Manchester Siti" himoyachisi Joau Kanselu "Bavariya" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.
Myunxenliklar qanot mudofaasini Kimmixning markazga o'tkazilishidan so'ng kuchaytirishmoqchi. 26 yoshli portugaliyalik futbolchi Germaniya chempionining yozdagi asosiy transfer maqsadidir.
Xabarlarga ko'ra, "shaharliklar" o'yinchining sotuvidan kamida 50 million evro ishlab olishmoqchi.
Kanselu joriy mavsum APL doirasidagi 23ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 3ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
04:01
Pep Gvardiola "Tottenxem"ga qarshi o'yindan keyin Husanov haqida juda iliq fikrlar bildirdi 26

Fikrlar