"Bavariya" Keza uchun 80 mln evro to'lashga tayyor
13 iyu 2021 00:55
Yangiliklar


"Bavariya" Keza uchun 80 mln evro to'lashga tayyor
"Bavariya" "Fiorentina" forvardi Federiko Kezani tarkibiga qo'shib olmoqchi.
Oldinroq "Bavariya" bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann intervyusida uni tarkibda ko'rishdan xursand bo'lishini aytgandi.
"Fiorentina"ga bu taklif yoqishi mumkin, ammo klub futbolchisini "Yuventus"ga sotib olish sharti bilan ijaraga berib yuborgandi. SHu boisdan Myunxen klubi ayni damda vaziyatga aralashmaslikni maqul topgan. Agarda "Yuve" 22 yoshli futbolchini sotib oladigan bo'lsa, "Bavariya" o'z maqsadidan voz kechadi. Aks holda klub "Fiorentina" bilan muzokaralarni boshlab yuboradi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar