So’nggi yangiliklar

05:24Юрген Клопп мураббийликка қайтмоқда, у Шомуродовга устоз бўлиши мумкин  0 02:02АПЛ. "Брайтон" ўз уйида Премьер-лига чемпионини мағлубиятга учратди  1 00:58Виталий Левченко: "Юлдузли жамоалар ҳар доим ҳам натижага эришавермайди. Шунчалик саволларингиз кўп-ми?"  3 00:44ЦСКА мағлубиятдан қутилиб қолди, Файзуллаев захирадан майдонга тушди  3 00:30Суперлига. Тўхтахўжаев ОКМКни мағлубиятдан қутқариб қолди, Аброр Исмоилов эса икки дақиқа ичида иккита гол урди  2 00:27Миржалол Қосимов: "Биз биринчи ўринга чиқиб олдик. У захирада уйқусираб ўтирган эди"  3 00:05Аморим қишда МЮни тарк этиши мумкин эди, аммо...  0 23:10"Ман Сити" Виртцнинг трансфер нархи юқорилиги сабабли ундан воз кечди. Келишув клубга умумий ҳисобда 300 миллион еврога тушиши мумкин эди (BBC)  4 22:28Украина, Англия, Польша, Дания, Балтика мамлакатлари ва Япония Россиянинг қайтишига қатъиян қарши. Жанубий Америка мамлакатлари эса аксинча  19 21:57Суперлига. Олмалиқда дарвозаларга 4 та гол урилган ўйинда ғолиб аниқланмади  104 21:17Гвардиола Чемпионлар Лигаси учун кураш ҳақида: "Бизга яна 4 очко керак"  12 20:50"Аякс" Эрик тен Ҳагни қайтаришни режалаштирмоқда  1 19:39Роналдо: "Анчелотти – ажойиб мураббий. У барчасини изига солади"  11 19:14"Олтин тўп-2025" тақдирлаш маросимининг санаси ва жойи эълон қилинди  60 18:21Лапорта "Барселона" қачон асосий стадионига қайтишини тушунтирди  4

"Bavariya" ketma-ket 8 o'yindan buyon g'alaba nimalagini bilmay kelmoqda Yangiliklar

"Bavariya" ketma-ket 8 o'yindan buyon g'alaba nimalagini bilmay kelmoqda

Myunxenning "Bavariya" jamoasi ECHL pley-off o'yinlarida oxirgi marta safarda 2014 yilda g'alaba qozongandi.


"Arsenal" bilan bo'lib o'tgan 2014 yil, 19 fevraldagi ECHL nimchorak o'yinida Gvardiola shogirdlari 2:0 hisobida zafar quchishgandi.
Bu g'alaba Pepning "Bavariya"ga kelganidan keyin ECHL pley-off o'yinlarining safardagi birinchi va oxirgi g'alabasi bo'ldi. SHundan so'ng Gvardiola boshqaruvida "Bavariya" ushbu bosqichda mehmondagi birorta uchrashuvda g'alaba qozonolmay kelmoqda.
Bu seriya "Atletiko"ga qarshi kechgan Madriddagi bellashuvdan so'ng 8taga etdi.

Xosep Gvardiolaning "Bavariya" bilan ECHL pley-off uchrashuvlarining safardagi natijalari:

2013/2014 mavsum
CHorak final.

"Manchester Yunayted" - "Bavariya" 1:1
Yarim final.
"Real" - "Bavariya" 1:0

2014/2015 mavsum
Nimchorak final.

"SHaxtyor" - "Bavariya" 0:0
CHorak final.
"Portu" - "Bavariya" 3:1
Yarim final.
"Barselona" - "Bavariya" 3:0

2015/2016 mavsum
Nimchorak final.

"Yuventus" - "Bavariya" 2:2
CHorak final.
"Benfika" - "Bavariya" 2:2
Yarim final.
"Atletiko" - "Bavariya" 1:0

SHuni qayd etish lozimki, "Bavariya" jamoasi ketma-ket ikki mavsumdirki yarim finalga qadar etib kelib, aynan shu bosqichda o'z yurishini to'xtatmoqda. Bu safardagi yarim final o'yinlarining birinchisida ham "Bavariya" yana Ispaniyada, ispan murabbiyi qo'li ostida shu yurt jamoasi tomonidan mag'lub etildi. Javob bahsida "Bavariya" vaziyatni o'z tomoniga og'dirib olish imkoniyatiga ega.



Myunxenliklar Pep Gvardiola boshqaruvi ostida ECHL yarim finallardagi ishtiroklari orqali ham maqtana olishmaydi. Ispan mutaxassisi bilan hozirga qadar o'ynalgan 5ta yarim final o'yinining to'rttasida imkoniyat raqibga boy berilgan. Faqatgina o'tgan yilgi "Barselona"ga qarshi kechgan Myunxendagi uchrashuvda mezbonlar 3:2 hisobida g'alaba qozonishgandi. Ammo ba g'alaba ularni finalga yo'l olishlariga etarli bo'lmagan.

Ushbu mavsum yakunlangach "Bavariya" bosh murabbiyi sifatida ishlab kelayotgan Gvardiola "Manchester Siti"ga yo'l oladi va myunxenliklarni Karlo Anchelotti qabul qilib oladi.

Uch mavsum davomida myunxenliklarni boshqarib kelgan dunyoning eng qimmat maosh oluvchi murabbiyi "Bavariya" bilan ECHL pley-off uchrashuvlarining safardagi o'yinida atiga bir marta g'alaba qozondi. Jamoa "Atletiko" to'sig'idan o'tib olsa ham endilikda bu ko'rsatkichni to'g'irlash uchun Pepga imkoniyat yo'q. CHunki final neytral maydonda o'tkaziladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика