So’nggi yangiliklar

12:58Мадуэке: "Арсенал" билан иштирок этадиган барча мусобақаларимда ғолиб чиқишни истайман"  0 12:27ПСЖ "Ювентус" юлдузини нишонга олди  0 11:47"Милан" ПСЖ футболчисига даъвогарлик қилмоқда  0 11:20Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ?  39 10:29"Динамо" Беларусда учта ўртоқлик ўйини ўтказади  2 10:05"Эсхата" устози Шуҳрат Умаров: "Шацкихга омад, ОЧЛда "Андижон"га мухлислик қиламиз"  0 09:43"Хоразм" назорат учрашувида "Бунёдкор" ўринбосарлари билан дуранг ўйнади  1 09:22Иззатилло Пўлатов: "Халқимиз қўллаб-қувватлаб турса, барчасига бирга эришамиз"  1 08:46Одил Ҳамробеков "Трактор"да норасмий дебютини ўтказди  0 08:21"Манчестер Юнайтед" беш футболчига базага киришни тақиқлади — клуб улардан воз кечмоқчи  9 08:00"Финалиссима-2026": Испания ва Аргентина ўртасидаги супероқшом март ойида бўлиб ўтади  2 07:35Мутолаа учун. Раньери, Моуриньо, Карпин. Шомуродов энди туркиялик мураббий билан ишлайди. Аввалги мутахассислар билан қандай саргузаштлар бўлган?  2 01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  7 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  3 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  7

"Bavariya": Yil sarhisobi. Sonlar tilga kirganda Yangiliklar

"Bavariya": Yil sarhisobi. Sonlar tilga kirganda

2013 yil "Bavariya" jamoasi uchun juda ham muvaffaqiyatli o'tdi.
Myunxen super klubi 5 ta sovrinni qo'lga kiritdi va ushbu natijasi bilan jahon futboli tarixidan munosib joy oldi. Yilni Yupp Xaynkes boshchiligida boshlagan "Gollivud FK" uni Pep Gavrdiola ustozligida ajoib tarzda yakunlay oldi. Ortda qolayotgan yilni sarhisob qilar ekanmiz, unda "Bavariya" tomonidan qayd etilgan bir qator rekord natijalar kishi etiborini tortadi. SHu boisdan jahonning eng kuchli jamoasi nomiga sazovor bo'lgan ushbu klub yil sarhisobini siz aziz muxlislarga raqamlar vositasida taqdim etishga qaror qildik.

0 - "Bavariya" Germaniya chempionati doirasidagi uchrashuvlarda yil davomida biror marta bo'lsa ham mag'lubiyatga uchragani yo'q. Bunday natijani shu paytga qadar hech bir nemis jamoasi qayd eta olmagan edi.



1 – O'tgan mavsumda "Gollivud FK" bundesliganing 34 ta turidan 27 tasida turnir jadvalida birinchi o'rinni hech kimga begani yo'q. SHunda ham dastlabki etti ta turda birinchi pog'ona egallanmadi. Qolgan tur uchrashuvlarida etakchilik saqlab turildi. Bu mavsumda ham "Bavariya" turnir jadvalini boshqarib bormoqda.

3 – Myunxen super klubi kalendar yili hisobidan faqat 3 marta! mag'lubiyat alamini totib ko'rishga majbur bo'ldi. Bu o'tkazilgan umumiy uchrashuvlarning atigi 5 foizini tashkil etishi diqqatga sazovordir.



5 – Qo'lga kiritilgan trofeyalar soni 5 tani tashkil etmoqda: CHL, bundesliga chempionligi, Germaniya kubogi, Evropa super kubogi hamda FIFA klublar o'rtasidagi Jahon CHempionati g'olibligi. Bir mavsum davomida 5 tadan ortiq sovrin yutish faqat "Barselona"ga nasib etgan bo'lib, Kataloniyaliklar 2009 yili 6 ta trofeyaga ega chiqishgandi. Etiborga molik jihati shundaki, o'shanda "Barsa"ga aynan Xosep Gvardiola ustozlik qilardi.

10 – CHempionlar Ligasida ketma-ket qo'lga kiritlgan g'alablar sonini 10 taga etkazib, "Bavariya" yangi rekord natija sohibiga aylandi. Avvalgi rekord "Barselona"ga tegishli bo'lgan bo'lib, Kataloniya bosh jamoasi 2002-03 mavsumda 9 ta o'yinni g'alaba bilan yakunlay olgan edi.

16 – Germaniya bundesligasidagi murabbiylar orasida mag'lubiyatsiz seriyalar bo'yicha Pep Gvardiola etakchilikni qo'lga oldi. Pep boshchiligida myunxenliklar 16 ta uchrashuvdirki mag'lubiyatga uchramay kelishmoqda. Avvalgi eng yaxshi natija 1978-79 mavsumda "Kayzerslautern" ustozi Karl Xayns Feldkamp tomonidan qayd etilgan edi. Feldkamp boshchiligidagi jamoa 14 ta bellashuvni mag'lubiyatga uchramay o'tkazgandi. Gvardiolada ushbu natijani yanada yaxshilab olish imkoni mavjud.



18 – "Bavariya" 2012-13 mavsumda shuncha miqdordagina to'p o'tkazib yubordi. Bu bundesliga rekordidir.

25 – 2012-13 mavsum yakunida chempion "Bavariya" hamda ikkinchi pog'onani band etgan "Borussiya D" o'rtasidagi ochkolar farqi 25 tani tashkil etdi. SHu paytgacha bunday katta tafovut bilan bundesligada g'oliblikni qo'lga kiritgan jamoa bo'lmagan.

26 – Jamoaning 2013 yildagi to'purari Tomas Myuller yil davomida 26 bor raqiblar darvozasini ishg'ol etishga muvaffaq bo'ldi. Undan keyingi o'rinni 23 ta gol bilan Mario Mandjukich va 22 ta to'p bilan Aryen Robbenlar egallashdi.



28 – Germaniya chempionatida umumiy hisobda 34 ta tur uchrashuvlari o'tkaziladi. "Bavariya" o'tgan mavsumda 28 turdayoq chempionlik masalasini naqd qilib qo'ydi. Bunday erta chempionlik bundesliga tarixida birinchi marta qo'lga kiritildi.

41 – Mana 41 uchrashuvdirki Myunxen shahri bosh jamoasi bundesligada mag'lubiyatga uchramay kelmoqda. SHu tariqa bundesligada mag'lubiyatsiz seriyani uzoq davom ettirish borasida yana bir rekord natijani qayd etayotgan Pep Gvardiola shogirdlarida ushbu natijani yana ham yaxshi ko'rinishga etkazib olish imkoniyati mavjud. Ha aytgancha, mag'lubiyatsiz seriya bo'yicha avvalgi eng yaxshi natija "Gamburg"ga tegishli edi. Gamburgliklar 1982 yil yanvaridan 1983 yil yanvariga qadar 36 ta bellashuvni mag'lubiyatsiz yakunlashga muvaffaq bo'lishgandi.

44 – Bu mavsumda ham "Bavariya" hammani lol qoldirishda davom etmoqda. Klub birinchi davrada 16 ta uchrashuv o'tkazgan bo'lib, jami 44 ochko to'plashga erishdi. Hali hech bir jamoa birinchi davrada 40 ochkodan yuqori to'play olgan emas. Bu - yana bir BuLi (Bundesliga) rekordidir!

50 - "Bavariya" yil davomida o'tkazilgan 50 ta bellashuvda zafar quchishni uddaladi. Bu umumiy o'yinlarning 89 foizini tashkil etishi ajoib ko'rsatkichdir.

53 – Myunxen shahri sharafini himoya qiluvchi jamoa Germaniya bundesligasining so'nggi 53 uchrashuvining hammasida raqiblar darvozasini ishg'ol qilib kelmoqda. "Bavariya" oxirgi o'yinlarning hammaisda hech bo'lmaganda bir marta bo'lsa-da raqib darvozabonini xafa qilishni uddalab kelayotir.

80 – O'tgan mavsum yakuniga ko'ra "Bavariya"da kiritilgan to'plar nisabti +80 ni tashkil etdi. Yaqin orada hech bir nemis jamoasi bunday katta tafovutdagi to'plar nisbatini qayd etmagandi.



93 - "Gollivud FK" 2013 yil davomida bundesliga uchrashuvlari doirasida jami 93 ochko jamg'ardi. Bu natijani qayd etish uchun 33 ta o'yin kifoya qilgani etirofga sazovordir.

159 - "Bavariya" yil davomida jami 159 bor raqiblar darvozasini ishg'ol etishga muvaffaq bo'ldi. Bu har bir o'yinda 2,8 ta gol kiritilganini anglatadi.

207 - "Bavariya"ning "Borussiya D"ga qarshi kechgan uchrashuvini butun dunyodagi 207 mamlakat futbol muxlislari jonli efirda tomosha qilishdi. 23 noyabr kuni bo'lib o'tgan bu o'yin bundesliga tarixidan joy oldi. Boisi shu paytga qadar hech bir bundesliga o'yinini buncha ko'p muxlislar auditoriyasi kuzatmagan edi.

250 – 24 iyun kuni Xosep Gvardiola "Bavariya"ning yangi bosh murabbiyi deb tanishtirilgan edi. O'sha kungi presskonfernsiyada 250 nafar jurnalist akkreditaciyadan o'tishgani diqqatga sazovordir. Bu paytga qadar hech bir murabbiy ishtirokidagi tanishtiruv marosimiga buncha ko'p jurnalist tashrif buyurmagan edi.



2.018.500 - "Bavariya"ning yil davomidagi uy uchrashuvlarini tomosha qilish uchun jami 2.018.500 nafar muxlis tashrif buyurdi. Bundan kelib chiqadiki, har bir uchrashuvni bevosita stadiondan turib kuzatish uchun "Allianc Arena"ga o'rta hisobda 69.603 nafar tomoshabin kelgan. Bu esa "Bavariya" ishtirokidagi uchrashuvlarni tomosha qilish uchun keladigan tomoshabinlar soni yildan-yilga ortib borayotganidan dalolatdir.

Bir so'z bilan aytganda, 2013 yil Myunxen super klubi uchun juda ham muvaffaqiyatli o'tdi. Jamoa juda ko'plab sovrin va rekordlarga ega chiqdi. Bunday ajoib natijalar bilan "Bavariya"ning O'zbekistondagi muxlislarini tabriklaymiz va ularga kirib kelayotgan yangi yil yanada yaxshi ko'rinish olishini tilaymiz.


Yangi yil bayrami muborak bo'lsin!

Zoxirjon Akramxonov tayyorladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика