"Bavariya" ikki nafar o'yinchisi bilan shartnomani uzaytirdi
11 may 2018 18:54
Yangiliklar
"Bavariya" ikki nafar o'yinchisi bilan shartnomani uzaytirdi
Myunxenning "Bavariya" klubi yana ikki nafar tajribali o'yinchilari bilan shartnomani uzaytirdi.
Myunxenliklar 7 may kuni Frank Riberi bilan kelishuvni uzaytirishgan edi. Biroz oldin jamoa Aren Robben va Rafinyalar bilan ham shartnoma yana bir yilga uzaytirilganini rasman elon qildi. Endi 34 yoshli gollandiyalik va 32 yoshli braziliyalik 2019 yilning 30 iyuniga qadar nemislar sharafini himoya qilishadi.
O'yinchilar bilan kelishuvning so'nggi detallari ertaga imzolanadi.
Fikrlar