"Bavariya" hujumchisi A Seriya klubiga o'tishga yaqin
31 jan 2021 14:04
Yangiliklar


"Bavariya" hujumchisi A Seriya klubiga o'tishga yaqin
"Bavariya" hujumchisi Joshua Zirkzee faoliyatini Italiya A Seriyasi klubida davom ettirishi mumkin.
19 yoshli niderlandiyalik futbolchi "Parma" bilan 2025 yilga qadar mo'ljallangan shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi.
"Parma" bugun Myunxen klubi Zirkzeeni 15 mlnga xarid qilish huquqi bilan mavsum so'nggiga qadar 1,5 mln evroga ijaraga olish borasidagi taklifni qabul qilishini kutmoqda.
Bunday holatda forvard dushanba kuni Italiyaga yo'l oladi va "Parma" uchun tibbiy ko'rikdan o'tadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar