"Bavariya" himoyachisi yozda tekinga APLga ketishi mumkin

Tolibjon Qosimov
6 okt 2021, 14:09
Himoyachi Niklas Zyule mavsum yakunlangandan keyin "Bavariya"ni erkin agent sifatida tark etishi mumkin.

26 yoshli futbolchiga APLdan taklif bor, Myunxen klubi bilan yanshi kelishuv borasidagi muzokaralar esa juda sekin ketmoqda. Bu haqda "Sport1.de" jurnalisti Florian Plettenberg xabar berdi.

Manbaning ma'lum qilishicha, "Bavariya" bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann Zyule bilan kelishuvni uzaytirish tarafdori, lekin klub rahbarlaridan bazilari yangi shartnomaning maqsadga muvofiqligiga amin emaslar.


Futbolchining o'zi yiliga 10 mln evrodan ko'proq maosh xohlayapti. May oyida Zyulega "Chelsi" qiziqayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: twitter.com/Plettigoal