“Bavariya” himoyachisi jarohat oldi, u “CHelsi”ga qarshi javob bahsini o'tkazib yuborishi mumkin
26 iyu 2020 19:30
Yangiliklar


“Bavariya” himoyachisi jarohat oldi, u “CHelsi”ga qarshi javob bahsini o'tkazib yuborishi mumkin
Myunxenliklar azosi Benjamen Pavar bugun o'tkazilgan mashgulotlar vaqtida jarohatlandi, deya xabar beradi klub matbuot xizmati.
Manbaga ko'ra, fulbek chap oyogini shikastlab olgan. U 3 haftagacha maydonga tusha olmasligi mumkin. Pavar katta ehtimol bilan ECHL 1/8 finali doirasida “CHelsi”ga qarshi 8 avgust kuni o'tadigan javob bahsini o'tkazib yuboradi.
Eslatib o'tamiz, Londondagi bahsda “Bavariya” 3:0 hisobida zafar quchgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar