"Bavariya" himoyachisi bilan shartnomani uzaytirmoqchi
27 avg 2022 13:21
Yangiliklar
"Bavariya" himoyachisi bilan shartnomani uzaytirmoqchi
"Bavariya" himoyachisi Lyuka Ernandes klubda yana uzoq vaqt qolishi mumkin.
Klub rahbariyati va futbolchining vakillari o'rtasida shartnomani uzaytirish borasida ilk muzokaralar bo'lib o'tgan. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2024 yil yoziga qadar amal qiladi. Yangi kelishuv esa 2026 yilga qadar mo'ljallanishi kutilmoqda.
26 yoshli futbolchi 2019 yili "Atletiko"dan transfer qilingandi. U ushbu mavsumda Bundesligada 3 o'yinda qatnashdi.
Fikrlar