"Bavariya" Gnabri bilan shartnomani uzaytirishga yaqin
02 okt 2021 17:20
Yangiliklar
"Bavariya" Gnabri bilan shartnomani uzaytirishga yaqin
"Bavariya" hujumchi Serj Gnabri bilan shartnomani uzaytirishga yaqin.
Bu haqda jurnalist Fabricio Romano xabar bermoqda. Myunxenliklar 26 yoshli nemisga yuqorilangan maosh bilan uzoq muddatli shartnoma taklif qildi, futbolchi shartlarga rozilik bildirdi.
Muzokaralar yakuniy bosqichda.
Futbolchi 2021/22 yilgi mavsum "Bavariya" safida 10ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 3ta assist qayd etdi. Uning amaldagi shartnomasi 2023 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.
Fikrlar