"Bavariya" Flik bilan shartnomani bekor qilish bo'yicha kelishuvga erishdi. Nagelsmann 5 yillik shartnoma imzolaydi, bugun rasmiy xabar berilishi mumkin
27 apr 2021 13:41
Yangiliklar
"Bavariya" Flik bilan shartnomani bekor qilish bo'yicha kelishuvga erishdi. Nagelsmann 5 yillik shartnoma imzolaydi, bugun rasmiy xabar berilishi mumkin
"Bavariya"da tez orada bosh murabbiyi o'zgarishi mumkin.
Jurnalist Torben Xoffmanning malumotiga ko'ra, Myunxen klubi Xans-Diter Flik bilan shartnomani bekor qilish bo'yicha kelishuvga erishdi.
Myunxenliklarning yangi bosh murabbiyi "Leypcig"da ishlayotgan Yulian Nagelsmann bo'ladi va klub bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi. 33 yoshli mutaxassisning rasman tayinlanishi bugun elon qilinishi mumkin.
Jurnalist Kristian Falk malum qilishicha, "Bavariya" "Leypcig"ga murabbiyning ketishi uchun turli xil bonuslar bilan 25 million evro tovon puli to'laydi.
Oldinroq malum bo'lganidek, Nagelsmann yangi klubida yiliga 8 million evro maosh oladi.
Fikrlar