“Bavariya” evrokuboklarda “Atletiko”ning rekordini takrorladi
26 noy 2020 08:05
Yangiliklar


“Bavariya” evrokuboklarda “Atletiko”ning rekordini takrorladi
Myunxen klubi ECHL 4-turida “Zalcburg”ni 3:1 hisobida taslim qildi.
Bu “Bavariya” uchun evrokuboklarda qo'lga kiritilgan ketma-ket 16-g'alaba bo'ldi. Natijada Flik shogirdlari “Atletiko M”ning rekordini takrorladi.
“Bavariya” ECHLning 2019/20 yilgi mavsumidagi 11 ta bahsda, Evropa Superkubogida “Sevilya” ustidan, shuningdek, ECHLning amaldagi mavsumida 4 ta o'yinda g'alabaga erishdi.
“Atletiko” esa 2011 yildan 2012 yilga qadar Evropa Ligasi va Evropa Superkubogida jami 16 ta g'alabani qo'lga kiritgandi.
Malumot uchun, “Bavariya” 1 dekabrda ECHL 5-turi doirasida “Atletiko” bilan o'ynaydi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar