"Bavariya" de Yong o'tishga tayyor bo'lgan yagona klub
17 iyu 2022 18:11
Yangiliklar
"Bavariya" de Yong o'tishga tayyor bo'lgan yagona klub
"Barselona" yarim himoyachisi Frenki de Yong "Manchester Yunayted"ga o'tishni xohlamayapti.
Manchester klubi so'ralayotgan pulni to'lashga tayyor, ammo 25 yoshli niderlandiyalik o'tishga qarshi.
Qayd etish kerakki, "Bavariya" yarim himoyachi o'tishga tayyor bo'lgan yagona jamoa.
De Yong o'tgan mavsum kataloniyaliklar safida barcha musobaqalarda 45ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 5ta assist qayd etdi. Uning klub bilan shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.
Fikrlar