"Bavariya" Boateng borasidagi malumotni tasdiqladi
25 iyu 2018 15:36
Yangiliklar
"Bavariya" Boateng borasidagi malumotni tasdiqladi
"Bavariya" boshqaruv qo'mitasi raisi Karl-Xaync Rummenigge jamoa himoyachisi Jerom Boateng va PSJ o'rtasida muzokaralar o'tkazilayotganini tasdiqladi.
"Ayni damda klublar o'rtasida muzokara yo'q, biroq Boateng agentlari PSJ bilan faol aloqada. Biz ikkala tomonni qoniqtiruvchi narxni aniqlab olishimiz lozim. Xatto Jerom ketsa ham, bu katta muammoga aylanmaydi, chunki bizda ushbu joy uchun futbolchilar etarli" - deydi Rummenigge.
Oldinroq, PSJ "Bavariya"ga Boateng uchun 35 mln. evro taklif qilgani malum bo'lgan edi.
Fikrlar