"Bavariya" belgiyalik futbolchini sotib olish uchun kurashga qo'shildi
05 jan 2019 22:35
Yangiliklar
"Bavariya" belgiyalik futbolchini sotib olish uchun kurashga qo'shildi
Myunxenning "Bavariya" klubi Yannik Karraskoga qiziqish bildirmoqda.
Italiyaning Calciomercato nashrining xabariga ko'ra, Karrasko hozirgi vaqida to'p tepayotgan klubi "Dalyan Ifan"ni tark etib, Evropada faoliyatini davom ettirishni istamoqda. Vaziyatni to'g'ri tushungan "Bavariya" rahbariyati 25 yoshli vingerni o'z safiga qo'shib olmoqchi.
Avvalroq, Karraskoga o'z o'yinini topib borayotgan "Manchester Yunayted" klubi ham qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgandi.
Fikrlar