"Bavariya" "Bayer"ning yulduz o'yinchisini o'z safiga qo'shib olmoqchi
24 jan 2022 14:36
Yangiliklar
"Bavariya" "Bayer"ning yulduz o'yinchisini o'z safiga qo'shib olmoqchi
"Bavariya" Leverkuzenning "Bayer" jamoasi o'yinchisi Florian Vircni o'z safida ko'rmoqchi.
Germaniya chempionlari iqtidorli o'yinchining oilasi bilan norasmiy muzokaralar o'tkazdi.
Vircning ehtimoliy transferiga uning "Bayer" bilan tuzgan uzoq muddatli mehnat shartnomasi halal berishi mumkin. Uning leverkuzenliklar bilan bitimi 2026 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.
Transferi 70 mln evroga baholanayotgan 18 yoshli xavbek joriy mavsum Bundesliga doirasidagi 18ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 9ta assist qayd etdi.
Fikrlar