"Bavariya" "Atletiko" yarim himoyachisi Karraskoni nishonga oldi
30 mar 2017 10:51
Yangiliklar
"Bavariya" "Atletiko" yarim himoyachisi Karraskoni nishonga oldi
"Bavariya" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Atletiko" yarim himoyachisi Yannik Ferreyra-Karrasko xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.
Italiyalik mutaxassisga ushbu futbolchining o'yini yoqadi va uning fikricha, Karrasko nemis grandiga foyda keltirishi mumkin. Biroq belgiyalikni sotib olish "Bavariya"ga oson bo'lmaydi: Uning xizmatlariga bir nechta Evropa grandi qiziqish bildirmoqda va "Atletiko" futbolchini kamida 100 mln. evroga sotadi.
Karrasko va "Atletiko" o'rtasidagi bitim 2022 yilning yozida yakunlanadi.
Fikrlar