So’nggi yangiliklar

00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  3 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  3 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  4 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  12 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  8 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  18 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  20 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  5 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  3 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  2 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0 19:55Азмун БАА клубига ўтади  13

Belarus. Umarovning goli "Energetik-BGU"ga sensacion g'alabani taqdim qildi Yangiliklar

Belarus. Umarovning goli "Energetik-BGU"ga sensacion g'alabani taqdim qildi

Belarus chempionati 16-tur doirasidagi BATE - "Energetik-BGU" o'yini boshlandi.

BATE - Energetik-BGU 0:1

Gol: Umarov (22).

BATE – CHichkan, Filipenko, Filipovich (Skavysh, 78), Nastich, Filipovich, Baga (Mukam, 78), Dragun, Nexaychik, Stasevich, Milich, Yablonskiy.

Energetik-BGU – Sadovskiy, Mavatu, Yudchic, Miroshnikov, Svirepa, Tve (Sovpel, 58), Nosko, Girs, Umarov (Dias, 59), SHkurdyuk, Atemeng (Musaxanyan, 26).

Ogohlantirish: Svirepa (8), Tve (28), Nastich (39).

CHetlatish: Svirepa (20)

YANGILASH

UCHRASHUV YAKUNLANDI!! BGU ikkinchi davrada ham BATEni, mamlakatning eng nomdor jamoasini mag'lub etdi. Umarovning supergoli barchasini hal qildi. Ajoyib g'alaba bilan tabriklaymiz. CHempionlar 10 kishi bo'lib qolgan jamoani mag'lub eta olmagan bahsni sizlar bilan Mirjalol Normatov kuzatib bordi. Barchaga rahmat aytamiz.

90+3. Uchrashuvda so'nggi vaziyat bo'lishi mumkin. BATEda burchak zarbasi.

90+1. XAVFLI VAZIYAT! Nosko himoya tog'i, qalqoni bo'lmoqda. Mukamning zarbasini u qaytardi. Keyinchalik havolatib uzatilgan to'pni Sadovskiy ushlab oldi. 

300 soatga teng 3 daqiqa qo'shib berildi.

Ikkinchi bo'limda zarbalar: 13-1. To'pni ushlab turish: 72-28. DAXSHAT!!!

89. Nastichning qanotdan oshirgan to'pini Nosko qaytardi. Ikkinchi tempda davom etgan hujum offsayd sabab to'xtadi.

88. UXXXXXXXXXXXX!!!! Stasevich BGU darvozasi yonida to'pni to'xtatdi. Noqulay ravishda to'pni to'xtatgani uchun yiqilib tushdi va Nosko to'pni tepib yubordi. Belyaevskiyni ko'rsatishdi. Qattiq hayajonda u (biz ham).

86. ZARBAAAAAAAAA!!! Stasevichning burchakdan oshirgan to'piga Dragun boshi bilan noaniq zarba yo'lladi.

85. BGUning hujumdagi o'yini o'xshamay turgan paytda jamoa futbolchisi autni noto'g'ri otgani bois, to'p BATEga olib berildi.

83. ZARBAAAAAAAAA!!!! Stasevich o'tkir burchakdan kuchli zarba berdi. To'p darvozaning ustidan o'tib ketdi!! 

82. Diasssssss!!! Nima qilyapsan!!! Birga bir vaziyatga yugurib ketayotgan braziliyalik futbolchi no'noq qadam tashlab to'pni oldirib qo'ydi

81. UXXXXXXX!!! Ikkinchi bo'limni ko'rish og'ir bo'lmoqda. Jarimadan oshirilgan to'pga Yakov Filipovich boshi bilan zarba yo'lladi. 

78. UXXXXXXXXXX!!!! Dragun yaqin masofadan kuchli zarba yo'lladi. Yaxshiyam to'p Noskoga tegib, jarima maydonidan tashqariga chiqib ketdi.

77. ZARBAAAAAAAAA!!! Nastichning zarbasi biroz noaniq ketdi. Umuman olganda Sadovskiy barchasini nazorat qilib turgandi.

76. Avvaliga Dragun, keyinchalik Nastichning podachalari, keyinchalik Milichning zarbasi qaytarildi.

73. Umarovning o'rniga tushgan Dias to'pni yo'qotish bilan band bo'lmoqda.

71. Yablonskiyning qanotdan uzatgan to'pini himoyachilar qaytarishdi.

69. BATE hali ham uslubini o'zgartirmagan. Markaz ishlamayapti, faqatgina qanotlardan havolatib "podacha"larga ishonishmoqda. Bu esa o'zini oqlamayapti.

65. Ikkinchi bo'limda BGU ilk marta hujumga chiqdi. Girsning 18 metrlardan yo'llagan kuchli zarbasini CHichkan qiyinchilik bilan qaytardi.

64. Dragunning qanotdan uzatgan to'pini Sadovskiy qaytarib yubordi. Ikkinchi tempda esa Nexaychikning yo'llagan xavfli zarbasi to'rning tashqi tomonidan tegdi.

60. ZARBAAAAAAAAAAAA!!!! SEYYYYYYYYYYYYVVVVVVVVVVVV!!! SADOVSKIYYYYYYYY!!! Burchakdan oshirilgan to'pni Denis qaytardi! Super-muper seyv bo'ldi!

59. UXXXX!! Dragunning qanotdan oshirgan to'pini himoyachilar qiyinchilik bilan qaytarishdi. BATE ikkinchi bo'limda 180 gradusga o'zgardi.

58. Umarov almashtirildi. Uni barcha futbolchilar va muxlislar qarsaklari bilan kuzatib qo'yishdi.

57. BATE ikkinchi bo'limda katta ustunlikka erishmoqda. Hujumlar yog'ilyapti. Lekin gol yo'q.

55. ZARBAAAAAAAAAAAAAAAA!! Filipenkoning boshi bilan yo'llagan zarbasi darvoza to'riga tepadan borib tushdi. Sadovskiy vaziyatni jimgina kuzatib turgandi.

54. BATEda qulay standart. Undan oshirib berilgan to'p himoyachilarga tegib, burchakka chiqib ketdi.

53. UXXXXX!!! Nastich qulay nuqtadan zarba berdi. Umarov to'pni qaytardi.

51. Milichchchchchchchchch!!! Hisob tenglashishi mumkin edi. Uning zarbasi raqibiga tekkan holda osmonga ko'tarildi va darvozaga, golga yaqinlashib kelayotgandi. Sadovskiy baland sakrab to'pni maydondan tashqariga chiqarib yubordi.

50. UXXXXXXX!!! Nosko o'z jarima maydonchasi yonida to'pni raqibidan oldi-yu, tezda oldirdi. Stasevichning qanotdan erlatib oshirgan to'pini darvozaga to'g'rilab qo'ya olishmadi.

48. Nastichning yana bir zarbasini himoyachilar qaytardi. Ikkinchi tempda hujum davom etdi. Qanotdan oshirilgan to'pni qaytarishda Sadovskiy xato qildi. Yaxshiki, bo'sh qolgan darvozani ishg'ol qiladigan BATE futbolchisi topilmadi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Birinchi bo'lim yakunlandi.

45+1. BATEning uzoq vaqt davomida uyushtirgan hujumi offsayd sababli to'xtab qoldi.

Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi

45. Bir daqiqada BATE ikkita xavfli hujum tashkil qildi. Ikkisi ham qanotlardan. Birinchisini darvozabon, ikkinchisini himoyachilar bartaraf etishdi.

44. AJOYIIIIIBBBBBBBB!!!! Nosko o'z jarima maydonchasi ichida raqibiga "podkat" tashlab, to'pni olib qo'ydi! Yurakni bir tovonga tushirdi u. 

43. UXXXXXX!!! Offsayd halaqit qildi faqatgina. Umarov qulay vaziyatga chiqib borib, noaniq zarba yo'lladi.

42. Sokinlashdik biroz. 

39. Boyan Nastich raqib jarima maydonchasi ichida yiqitildi. Takroriy vaziyatda Tve raqibini yiqitgani ko'rindi. Biroq hakam buni simulyaciya deb baholadi va penalti bermadi. Nastichga sariq.

37. Nexaychikning qanotdan uzatgan to'pini Nosko qaytardi. Burchak zarbasidan keyin Yakov Filipovich boshi bilan zarba yo'lladi. Noaniq.

35. Bir kishi ko'p bo'lib o'ynayotgan bo'lsa-da, BATE hujumda hech nimani qoyillatmayapti. Bir xil uslub: qanotdan "podachalar" yoki jarima maydonchasidan tashqaridan zarbalar. Hozir ham Nastich raqib posti tomon zarba berdi. Sadovskiy esa qiyinchiliksiz zarbalarni ushlab olmoqda.

33. Nastichning bu galgi zarbasi noaniq ketdi.

Hurmatli futbol muxlislari, mana sizga super gol!

33. UXXXXXX! Hisob tenglashishi mumkin edi. Milichning zarbasini Sadovskiy ushlab oldi.

29. Bu pallada BGU bosh murabbiyi Vladimir Belyaevskiy ham ogohlantirildi.

28. Jamoalar taxminan 10 daqiqalar davomida markazda o'ynashdi. Keyinchalik vulqon kabi otilib ketishdi. Voqealar ko'payib ketdi, o'yin jonlandi! Yuqori tempda o'yin bo'lyapti hozir.

27. ZARBAAAAAAAAAAA!! Nimalar bo'lyapti?! Umarovning jarimadan yo'llagan bu safargi zarbasini raqib darvozasi ustuni qaytardi!!!

26. UXXXXXXX!!! BGUda yana bir imkoniyat. Yudchic jarima maydonining yonginasida yiqitildi.

25. BATE hujumga o'tdi. Milichning kuchsiz zarbasini Sadovskiy ushlab oldi.

22. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLL!!!!!!! Umarovdan daxshatli gol!!! U jarima zarbasidan, 30 metrlardan darvozani ishg'ol qildi!!

20. YO'O'O'O'O'QQQQQ!!! Sadovskiydan super seyv! U penaltini qaytardi!! Ajoyib!

19. PENALTI! Milichning zarbasidan keyin Svirepa to'pni qo'li bilan o'ynagani uchun! Svirepaga qizil!!

17. Matnlida vaziyatlar kam yozilyapti deb o'ylayotganlar bo'lishi mumkin. Lekin hozir o'yin markazda bo'lmoqda. Jamoalar deyarli hujum qilishmayapti.

15. Umarov burchakdan to'pni oshirib bergandi. Mezbonlar to'pni qaytarishdi. Ustiga ustak hujumda fol ham qayd etildi.

10. BATE futbolchilari hozircha raqib yarim maydonida hech nimaga erisha olishmayapti. Mehmonlar himoyada yaxshi o'ynashmoqda.

7. Umarov ktilmaganda jarimadan to'pni darvoza tomon tepdi. Darvozabon o'z o'rnida.

6. BGUda yana bir standart. Umarov raqib jarima maydonchasi yonida yiqitildi. Jarima zarbasi.

4. Xavfli vaziyat yuzaga keldi. BATE himoyachilari va darvozabonning o'zaro tushunmovchiligi natijasida darvoza bo'sh qoldi, bo'sh qolgan darvozaga BGU futbolchilari to'pni kirita olishmadi.

2. Doimgidek ilk daqiqalardan kichik ustunlik "Energetik-BGU" tomonida. Tvening burchakdan oshirgan to'piga Nosko boshi bilan noaniq zarba yo'lladi.

- BAHSGA START BERILDI!

- Uchrashuv boshlanishiga oz vaqt qolmoqda. Jamoalar maydonga tushib kelishdi.

Reyting: +35   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика