"Bastiya" prezidenti: "Makelelening istefosi - men uchun so'nggi 5 yildagi eng og'ir qaror"
04 noy 2014 16:50
Yangiliklar


"Bastiya" prezidenti: "Makelelening istefosi - men uchun so'nggi 5 yildagi eng og'ir qaror"
"Bastiya" prezidenti Per-Mari Jeronimi nega Klod Makelele jamoa bosh murabbiyligini tark etganligi haqida gapirib berdi.
"Jamoa natijalarini hisobga olgan holda, qandaydir qaror qabul qilish kerak edi. Biz Klod bilan buni muxokama qildik. Klub mavsum so'ngida yuqori ligada qolishi kerak edi. Ammo natijalar bizning kutganlarimizga to'g'ri kelmadi.
Klubga prezident bo'lganimga 5 yil bo'ldi. Bu qaror shu yillar ichidagi eng og'iri bo'ldi. Bunga sabab, uni murabbiy emas, inson sifatida hurmat qilardim. Mana shunday qarorlarda juda qiynalasiz" - deydi Jeronimi.
Eslatib o'tamiz, "Bastiya" Fracniya chempionatida 10-turdan keyin 10 ochko bilan 19-o'rinni egallab turibdi.

Fikrlar