Barzali yoki Grosso "Yuventus" U23'da Pirloning o'rnini egallashi mumkin
10 avg 2020 11:07
Yangiliklar
Barzali yoki Grosso "Yuventus" U23'da Pirloning o'rnini egallashi mumkin
"Yuventus" sobiq himoyachisi Andrea Barzali turinliklarning yoshlar (U23) jamoasi bosh murabbiyi bo'lishi mumkin.
39 yoshli italiyalik yakunlangan mavsumda himoyachilar murabbiyi sifatida "keksa sinora" sobiq bosh murabbiyi Mauricio Sarrining murabbiylar shtabiga kirgandi.
SHuningdek U20 jamoasini 2014-2017 yillarda boshqargan "Yuventus"ning yana bir sobiq himoyachisi - Fabio Grosso ham nomzod sifatida ko'rilmoqda.
Eslatib o'tamiz, U23 jamoasining sobiq bosh murabbiyi Andrea Pirlo bundan oldin asosiy jamoani o'z qo'liga olgan edi.
Fikrlar