“Barselona”ning sobiq posboni koronavirusga chalindi
29 mar 2020 09:57
Yangiliklar
“Barselona”ning sobiq posboni koronavirusga chalindi
“Fenerbaxche”, “Barselona” va Turkiya milliy terma jamoasining sobiq posboni Rushtu Rechber koronavirusga chalindi.
“Bu haqda gapirish osonmas. Ammo turmush o'rtog'im COVID-19 infekciyasi tashxisi bilan, ayni paytda shifoxonaga yotqizildi. Biz shokdamiz. Unda hammasi joyida edi..
Biz testdan o'tdik. Qizim va o'g'limda bu infekciya kuzatilmadi, ammo turmush g'rtog'imda ijobiy xulosa berdi. Endi bizga uning oldiga borishga ham ruxsat yo'q va bu eng og'iri”, deya o'zining Instagramdagi sahifasida izoh qoldirdi sobiq futbolchining rafiqasi Ishil Rechber.
46 yoshli Rechber Turkiya terma jamoasida maydonga tushish borasida rekordchi hisoblanadi- 120 o'yin. U 2012 yilda “Beshtikosh” safida futbolchilik faoliyatini yakunlagandi.
Fikrlar