"Barselona"ning sobiq futbolchisi Ekvador terma jamoasini boshqaradi
14 jan 2020 22:35
Yangiliklar
"Barselona"ning sobiq futbolchisi Ekvador terma jamoasini boshqaradi
Kataloniyaning "Barselona" klubi sobiq futbolchisi Yordi Kroyf Ekvador terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi.
Bu haqida mazkur mamlakat futbol federaciyasi matbuot xizmati malum qildi. Niderlandiyalik mutaxassis bilan tuzilgan bitim 2023 yilga qadar amal qiladi. Bungacha Ekvador terma jamoasi boshqaruvida kolumbiyalik Ernan Dario Gomes ishlagandi.
Eslatib o'tamiz, Yordi Kroyf "Ayaks" va "Barselona" klublari afsonasi Yoxan Kroyfning o'g'li hisoblanadi. Yordi "Barselona" klubi tizimida 1988-1996 yillarda faoliyat yuritgan.
Fikrlar