“Barselona”ning asosiy himoyachisi yana jarohat oldi
04 mar 2021 19:30
Yangiliklar
“Barselona”ning asosiy himoyachisi yana jarohat oldi
Ispaniya Kubogi yarim finalidan o'rin olgan “Sevilya”ga qarshi javob bahsida (3:0) Jerar Pike o'yin qahramonlaridan biriga aylangandi.
Pike 90+4 daqiqada gol urdi va ekstra taymolarda ham faol harakat qilib jamoasining irodali g'alabasiga hissa qo'shdi.
Klub matbuot xizmati xabar berishicha, 34 yoshli futbolchi chap tizza paylarini shikastlab olgan. Uning qachon safga qaytishi esa nomalum.
Eslatib o'tamiz, Pike 3 oylik jarohatidan so'ng, fevral o'rtalarida maydonga qaytgandi.
Fikrlar