So’nggi yangiliklar

01:45"Тен Хаг куляптими?" Охара МЮ устозининг соврин ҳақидаги сўзларига эътироз билдирди  1 01:20МЮ бошқа клуб билан келишиб қўйган Фофанага қизиқиш билдиряпти  0 00:45Хосе Венансио Лопес: "Бугун янгича услубда ҳимояландик. Бугунги экспериментимиз биз учун фойдали бўлди"  0 00:42Молиявий қийинчиликка учраётган "Барселона" 12 августгача Уильямс учун 58 млн. евро тўламоқчи  4 00:11Акбар Усмонов: "Гватемаладан аламимиз бор. Сўнгги дақиқаларда эътиборни йўқотдик"  3 00:09РПЛ. "Рубин" янги мавсумни меҳмондаги ғалаба билан бошлади  1 23:54Гюндоган "Пахтакор"га қарши ўйнаши мумкин  3 23:35Тен Хаг МЮ ҳақида: "Гвардиолани ҳисобга олмаганда, биз икки мавсум давомида Англияда қолганлардан кўпроқ соврин ютдик"  2 22:55Хосе Венансио Лопес: "Агар бу расмий ўйин бўлганида бундай таваккалга қўл урмаган бўлардик"  1 22:19Акбар Усмонов: "Сўнгги ЖЧдан бери Гватемала биз учун принципиал рақиб"  1 21:28Бензема "Олтин тўп" ҳақида: "Совринга Винисиус муносиб"  7 21:20Mirabror Usmanov Cup-2024. Драматик кечган баҳсда Ўзбекистон футзал терма жамоаси Гватемалани 5:4 ҳисобида мағлуб этди  7 21:00Эдерсон кетса "Манчестер Сити" дарвозасини ким қўриқлайди?  1 20:31Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ ўрин олган гуруҳ: ўйинлар, таркиблар, натижалар  8 20:17"Астон Вилла" 50 млн. фунтга Онанани сотиб олди  1

"Barselona"ning arab diyoridagi afsonasi Xavi haqida Yangiliklar

"Barselona"ning arab diyoridagi afsonasi Xavi haqida

"Barselona"ning sobiq futbolchisi, ayni paytda "Al Sadd"da faoliyat olib borayotgan Xavining erishgan yutuqlari, natijalari va faoliyatiga oid statistik malumotlarni taqdim etamiz.

Xaver Ernandes Kreus (Xavi) 1980 yil Terrassa shahrida tug'ilgan. “Barselona” jamoasi sardori, shuningdek Ispaniya terma jamoasining sobiq vice-sardori. Xavi sakkiz karra Ispaniya chempioni, uch bor Ispaniya kubogi sohibi, uch bor CHempionlar ligasi g'olibi bo'lgan. Xalqaro arenada ikki bor Evropa va bir bor Jahon chempionligini qo'lga kiritgan, shuningdek Olimpiada o'yinlari kumush medali sohibi.
CHempionlar ligasi va Ispaniya chempionatida maydonga tushish bo'icha klub rekordchisi. Ispaniya tarixidagi eng ko'p sovrinni qo'lga kiritgan o'yinchi. Ispaniya tarixidagi 2-raqamli eng yaxshi futbolchi. To'rt karra dunyoning eng yaxshi pleymeykeri. Xavi maydonni yaxshi ko'ra bilishi va ajoyib paslari bilan ajralib turadi. SHularning xisobiga u futbol tarixidagi eng yaxshi pleymeykerlardan hisoblanadi.
Xavi futbolchilik faoliyatini “Barselona B” tarkibida boshlagan, o'sha paytlarda jamoa Segundada qatnashardi.
Ikkinchi jamoadagi muvaffaqiyatli o'yinlaridan so'ng Xavi 1998 yil 18 avgustda Ispaniya Superkubogi uchun bahsda “Malorka”ga qarshi o'yinda debyut qildi. La Ligada esa 1998 yil 3 oktyabrda ilk bor maydonga tushdi. O'sha bahsda “Barselona” “Valensiya”ni 3-1 xisobida mag'lub etdi. Xavi birinchi golini “Real Valedolid” darvozasiga kiritadi, uchrashuv esa 1-0 xisobida yakunlanadi. 1999-00 mavsumda Xosep Gvardiolaning jaroxati Xaviga asosiy tarkib o'yinchisi bo'lishiga sabab bo'ldi va u o'z o'rnini 2015 yilgacha hech kimga bermadi.
2004-05 mavsumda u “Barselona”ning vice-sardoriga aylandi. 2005-06 yil Xavi tizzasidan jiddiy jaroxat oladi va besh oy mobaynida maydonga qayta olmaydi. SHu sababli u CHempionlar ligasi final uchrashuvini o'tkazib yuboradi.

2008-09 yillarga kelib Xavi “Barselona”ning ajralmas futbolchisi edi. Ispaniya chempionatidagi “Real”ga qarshi bahsda u to'rtta golli uzatmani amalga oshiradi, “Barselona” esa 6-2 xisobida g'alabaga erishadi. Xavi 2008-09 yillarda yana CHempionlar ligasi sovrinini boshi uzra ko'taradi. Finalda “Manchester Yunayted” 2-0 xisobida mag'lub etiladi, Messinig goliga Xavi assistentlik qiladi va u CHempionlar ligasining eng yaxshi o'yinchisi bo'ladi. SHuningdek o'sha mavsumda u Ispaniya chempionati (20) va CHempionlar ligasining (7) eng yaxshi assistenti bo'ladi. Mavsum yakunida Xavi “Barselona” bilan shartnomasini 2014 yilgacha uzaytiradi va yiliga 7,5 mln evro ishlab topadi.
2009 yil 16 dekabrda Klublar o'rtasidagi jahon chempionati doirasidagi “Atlante”ga qarshi bahsda qaxramonimiz “Barselona” tarkibidagi 500-uchrashuvini o'tkazadi. Ushrashuv esa 3-1 xisobida kataloniyaliklar foydasiga xal bo'ladi. Finalda ular “Estudiantes”ni mag'lub etib jahon chempionligini qo'lga kiritishadi. 2009-10 yilgi mavsumda “Barselona” 99 ochko bilan Ispaniya chempioniga aylanadi, Xavi esa chempionatning eng yaxshi o'yinchisi bo'ladi. Ispaniyaning Marca gazetasi esa Xavini Leonel Messi va Krishtianu Ronaldudan so'ng 3-o'ringa munosib ko'radi.
2010 yil 9 iyunda Xavi “Barselona” bilan yangi 4,5 yillik shartnoma imzolaydi. 29 noyabrda u “Real” darvozasiga mavsumdagi o'zining uchinchi golini kiritadi, klub esa 5-0 xisobida g'alaba qozonadi. Xavi CHempionlar ligasi doirasidagi “Arsenal”ga qarshi baxsda gol kiritib jamoasini chorak finalga chiqishiga ko'maklashadi. Mavsum yakunida u Oltin to'pga davogar bo'lgan uch futbolchidan biri edi. Lekin u jamoadoshlari Leonel Messi va Andreas Inestalardan so'ng 3-o'rinni egallaydi. 2011 yil 5 yanvarda Ispaniya kubogi doirasidagi Bilbaoning “Atletik” jamoasiga qarshi bahsda u “Barselona” tarkibida 550-o'yinini o'tkazadi va bu ko'rsatkich bo'yicha klub rekordchisiga aylanadi.
2011 yil 10 dekabrda Xavi 600-o'yinida “Real”ga qarshi maydonga tushadi va yana gol uradi.
2014 yil 10 aprelda Xavi CHempionlar ligasidagi 100% aniq to'p uzatgan birinchi futbolchiga aylandi.
2015 yil 21 mayda Xavi mavsum yakunlangach jamoani tark etishi xaqida elon qildi va faoliyatini Qatarning “Al Sadd” jamoasida davom ettirishini malum qildi.
30 may kuni Bilbaoning “Atletik”iga qarshi maydonga tushdi va bu Xavining “Kamp Nou”dagi so'nggi uchrashuvi bo'ldi.

Ayni paytda "Al Sadd" safida 6-raqam ostida harakat qilmoqda. U shu kungacha ushbu jamoa safida 19 marta maydonga tushib, 2 ta gol kiritdi.



Terma jamoada
2000 yil 15 noyabrda Ispaniya terma jamoasi Gollandiya bilan o'rtoqlik o'yinini o'tkazadi va bu uchrashuvda Xavi terma jamoa tarkibida debyut qiladi. 2002 yilgi Jahon chempionati saralash bahslarida Xavi deyarli maydonga tushmadi, uning hisobida faqatgina Avstriyaga qarshi 1ta o'yin bor edi. Lekin u Ispaniya bilan jahon chempionatiga yo'l oladi va u erda JAR va Janubiy Koreyaga qarshi o'yinlarda maydonda to'liq harakat qildi.
Evro-2004 saralash bahslarida Xavi 5 ta o'yinda maydonga tushadi va terma jamoa tarkibida Portugaliyaga boradi. Lekin Evro Xavi va uning jamoadoshlari uchun judayam omadsiz o'tadi. Guruhda ular bo'lajak chempion Greciya va finalchi Portugaliyaga mag'lub bo'lishadi. Xavi esa birorta uchrashuvda maydonga tushmaydi.
Xavi Ispaniya tarkibida JARda o'tkazilgan jahon chempionatiga yo'l oladi va barcha uchrashuvlarda maydonda to'laligicha harakat qiladi va turnir yakunida ramziy terma jamoadan joy oladi.
2011 yil 25 mart kuni CHexiyaga qarshi baxsda qaxramonimiz Ispaniya tarkibidagi o'zining 100-uchrashuvida maydonga tushadi va jamoasining 2-1 xisobidagi g'alabasiga xissa qo'shadi.
2014 yil 5 avgustda Xavi rasman Ispaniya terma jamoasini tark etishi xaqida elon qildi. U terma tarkibida 132 uchrashuvda maydonga tushib, 13ta gol mualifiga aylangan.
2013 yil 13 iyulda jurnalist Nuriya Kunillera bilan turmush qurgan. Ularning to'ylari Blan shahrida bo'lib o'tadi. Juftlik o'shanda o'z to'ylarida yig'ilgan pullarni onkologik kasalliklar shifoxonasidagi bolakaylarga taqdim etishga qaror qilganlar.




Sovrinlari:

Ispaniya terma jamoasida
Yoshlar o'rtasidagi JCH g'olibi (1999)
Olimpiada kumush medali sohibi (2000)
Evropa CHempioni (2008,2012)
Jahon CHempioni (2010)
Konfederaciyalar kubogi kumush medali sohibi (2013)

Barselona
ECHL g'olibi (2006, 2009, 2011, 2015)
UEFA Superkubogi g'olibi  (2009, 2011)
Ispaniya CHempioni (1999, 2005, 2006, 2009, 2010, 2011, 2013, 2015)
Ispaniya Kubogi sohibi: (2009, 2012, 2015)
Ispaniya Superkubogi sohibi (2005, 2006, 2009, 2010, 2011, 2013)
Klublar o'rtasidagi jahon chempionati g'olibi: (2009, 2011)



SHahsiy yutuqlari:
Evro-2008ning eng yaxshi futbolchisi.
Ispaniya chempionatining eng yaxshi yarim himoyachisi (2009).
“France Football” talqini bo'yicha Evropaning eng yaxshi uch o'yinchisidan biri (2010).
Dunyoning eng yaxshi futbolchisi uchun nomzod : (2008, 2009).
Dunyo ramziy terma jamoasi sardori (2008).
Dunyo ramziy terma jamoasiga kirgan (2008, 2009).
Dunyoning eng yaxshi yarim himoyachisi (2009)
World Soccer talqini bo'yicha eng yaxshi futbolchi (2010)


Vikipediya malumotlari asosida Aziz To'xtamurodov tayyorladi

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика