So’nggi yangiliklar

02:00"Интер" президенти А Серия даражасини баҳолади  0 01:29Бундеслига. "Бавария" йирик ғалаба қайд этди, Харри Кейн мавсумдаги 10-голини урди  1 01:10Энцо Мареска: "Дарвозабонлар бўйича муаммо йўқ"  2 00:57Саудия Арабистони. "Ал Насср" Мане ва Роналдунинг голлари эвазига "Ал Иттиҳод"ни мағлуб этди  14 00:33"Ливерпуль" Кьеза борасидаги қарорини ўзгартирди  1 00:14"Барселона"нинг икки футболчиси қанча муддатга сафдан чиққани аниқ бўлди  3 23:48Руни Экитике ҳақида: "Аҳмоқона ҳаракат. ВАР замонида голни текширувдан кейин нишонлаш керак"  2 23:15"Олтин тўп-2025". Ким қанча овоз тўплади?  3 22:54Максим Шацких: "Нима, ҳар бир ўйинда 5тадан гол уришимиз керакми? Бу "Барселона" эмас, "Андижон"  5 22:43Расман: "Манчестер Сити" Нико О'Райли билан шартномани узайтирди  1 22:19“Андижон” – ОКМК учрашувидаги баҳсли вазият бўйича изоҳ  9 21:58Миржалол Қосимов: "Мағлубиятга лойиқ ўйин кўрсатмадик"  4 21:37Мирко Йеличич: "Натижадан мамнунман, аммо ўйинимизни яхшилашимиз керак"  0 21:20Неъматулла Қуттибоев: "Ҳали ҳеч ким ҳеч нарса йўқотмади. Кураш сўнгги тургача давом этади"  0 20:59Суперлига. "Андижон" ўз майдонида ОКМКдан устун келди  49

"Barselona"ning 120 millionlik "bosh og'rig'i" haqida Yangiliklar

"Barselona"ning 120 millionlik "bosh og'rig'i" haqida

"Barselona" Usmon Dembele bilan shartnoma muddatini uzaytirish harakatida.

Yodingizda bo'lsa, futbolchi Evro-2020 vaqtida jarohat olgan va yaqin ikki-uch oy maydonga tusha olmaydi. 

Bu vaziyatda eng qizig'i, "Barsa" butun bahor davomida Usmon bilan kelishuvni uzaytirishga urindi, ammo bu amalga oshmagach, franciyalikni yozgi transferlar oynasi vaqtida sotish haqida o'ylab qolishgandi.

Biroq barcha rejalarni Dembelening terma safida jarohat olishi buzib yubordi. Endi kataloniyaliklar oldida bir nechta variant bor xolos:

•  Yangi shartnoma tuzib, uni asosiy tarkib azosi bo'lishi uchun sharoit yaratib, sabr bilan kutish 

•  Yangi shartnoma tuzib, qishda yoki keyingi yil yozda sotib yuborishga harakat qilish

•  Yana bir yildan keyin uni erkin agent sifatida qo'yib yuborish

Birinchi variant haqiqatdan yiroq, sababi Dembele mavsumning asosiy qismida jarohat sabab "o'yindan tashqarida" bo'ladi: to'rt mavsum davomida futbolchi faqatgina jarohat sabab 95 ta o'yinni o'tkazib yubordi. Qiziq bir fakt, Usmon safda bo'lgan paytida ham unga stabillik etishmayapti: 2021 yil franciyalikda 16 o'yinlik seriya bo'ldi. Bu vaqt oralig'ida vinger bor yo'g'i 2 ta gol urgan va 1 ta assist qayd etgan. Samarali harakatlarsiz 5 - 6 o'yinlik seriyalar esa odatiy tusga kirib ulgurdi.


Ikkinchi punkt optimal variantdek ko'rinmoqda: Dembelega qiziqish hozircha bor ("MYU", "Liverpul") va paytida uni sotish zarurdek. Biroq jarohat sabab bu ish eng kamida qishgacha qoldirildi. Uni qishda sotish uchun hozir kelishuv muddatini uzaytirish zarur, aks holda u istagan jamoasi bilan rasmiy muzokaralarga kirisha oladi.

Uchinchi variant eng daxshatlisi bo'lsa kerak: "Barsa" 120 mln evro + bonuslar berib sotib olgan futbolchisini tekinga qo'yib yuboradi. Futbolchi shuningdek to'rt yil 20 mln evrodan maosh olgan. Aytib o'tganimizdek, maydonda uning foydasi deyarli tegmadi, lekin klub obro'siga salbiy tasir ko'rsata oldi (mashg'ulotlarni qoldirishlar, janjallar, "Borussiya" bilan munosabatlar yomonlashishi, irqchilikka doir video va x.k.z).

Bir qarashda o'ta iqtidorli yosh futbolchining chinakamiga katta klubdagi ishlari ochig'i yurishmayapti. Usmon Barselona"da qolib kurashni davom ettirishi zarurmi yoki boshqa klubda faoliyatiga restart bergani maqulroqmi? Sizning bu boradagi fikringiz qanday? 

  



Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика