"Barselona"ga ham Errera kerak

Mirjalol Normatov
29 iyul 2018, 16:13
"Barselona" "Portu" yarim himoyachisi Ektor Errera bilan shartnoma imzolashi mumkin.

"Mundo Deportivo" xabariga ko'ra, uning jamoaga transfer qilinishini Ernesto Valverdening o'zi istamoqda. Oldinroq meksikalikka "Real" tomonidan ham qiziqishlar bo'layotgani borasida ma'lumotlar tarqagandi.

O'tgan mavsumda Errera "Portu" tarkibida 42 uchrashuvda qatnashib, 5 gol urdi va 7 golga assistentlik qildi. Uning transfer narxi 50 mln evro atrofida baholanmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo