So’nggi yangiliklar

11:01Кьеза "Ювентус"дан кетаётгани тасдиқланди  0 10:22Аббосбек Файзуллаев Олимпиададаги шароитлардан кўнгли тўлмаганини айтди  12 09:55Конор Галлахер «Атлетико» футболчиси - Фабрицио Романо  1 09:24Ламин Ямаль ўзига тегишли бўлган сертификатларни олди  1 08:56Фаолиятини якунлаган Кроос Германияда «Йил футболчи»си бўлди  3 08:28ЦСКА устози Аббосбек Файзуллаевнинг кечаги ўйинига баҳо берди  5 08:05Бугун Париж Олимпиадасида фақатгина бир нафар спортчимиз иштирок этади  2 07:32Флик «Реал»ни ўртоқлик учрашувида мағлуб этганидан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  2 01:40АПЛ клуби "Ман Сити" хавбеки Филлипс билан шартнома имзолашга яқин  2 01:03"Реал" футболчиси клубдан кетиш ҳақида ўйламоқда  3 00:32Костич "Ювентус"дан кетадими?  1 00:05"Атлетико" Галлахер қарор қабул қила олмаётгани сабаб "Валенсия" билан Герранинг 25 млн евролик трансферини келишиб қўйди  1 23:25Суперлига. "Металлург" - "Локомотив" 1:1, Ҳошимов "Металлург"даги биринчи расмий ўйинида қизил карточка олди  9 23:05Александр Крестинин: "Ғалаба қозониш учун бироз ақлли футбол керак"  1 22:57Григорий Колосовский: "Энди биз майдонга чиқадиган ҳар бир ўйин финал бўлиши керак"  3

“Barselona”dan daxshatli “comeback” Yangiliklar

“Barselona”dan daxshatli “comeback”

Teglar :  psjBarselonaECHL
Kecha CHempionlar ligasi 1/8 final bosqichi javob uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ushbu bosqichda Ispaniyaning “Barselona” klubi o'z uyida Franciyaning PSJ jamoasini qabul qildi va raqiblarini yirik 6:1 hisobida er tishlatdi.

PSJ va “Barselona” jamoalari o'rtasidagi birinchi uchrashuv 4:0 hisobida yakunlangani ko'pchilikni xayratga solgandi. Ayrim muxlislar PSJni keyingi bosqichga chiqarib qo'ygandi. Lekin “Kamp Nou”da parijliklarni qanday o'yin kutayotganini “Barselona”dan boshqa hech kim bilmas edi. Kecha tunda, barcha kutgan daxshatli uchrashuv bo'lib o'tdi. Unda butun dunyodagi futbol muxlislari ikkiga ajralgan bo'lsa ajabmas. Kechagi tunni PSJ futbolchilari bir umrga yodlaridan chiqarmasa kerak. Hech kim “Barselona”dan bunday o'yin kutmagandi. 


“Ko'k-anorranglilar” PSJni shunchaki mag'lubiyatga uchratishmadi, ular parijliklarga “Kamp Nou”ning chiqish eshiklarini ko'rsatib qo'yishdi. Unai Emare “Barselona”dan qaqshatqich mag'lubiyat bilan Franciyaga yo'l oldi va ECHL musobaqasidagi o'z yurishini mana shu bosqichda to'xtatishga majbur bo'ldi. Urashuvda "Barselona" 3:0 hisobi oldinda borayotganda PSJ futbolchisi Edinson Kavani Ter SHtegen darvozasini ishg'ol qildi va qaysidur manoda o'zlarini keyingi bosqichga chiqdik, deb o'ylagan bo'lsa ajabmas. Mana shundan so'ng parijliklar himoyaga yotib olishdi va o'ziga hos “avtobus”ni xosil qilishdi. Afsuski, bunday taktika bilan “Barselona”ni mag'lub etib bo'lmasdi. PSJning eng katta xatosi mana shunda edi. 


Parijliklarda o'yinni tubdan o'zgartirish va hisobni tenglashtirish uchun ikkita golga tortadigan ajoyib imkoniyat bo'ldi. Ammo ushbu imkoniyatlarning bittasini Edinson Kavani ko'kka sovurgan bo'lsa ikkinchisida Anxel Di Mariya darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi va Ter SHtegen darvozasini ishg'ol qila bilmadi. SHundan so'ng “kataloniyaliklar” yanada oldinga o'tishga va raqib darvozasini ishg'ol qilishga urindi. Uchrashuv boshlanishidan avval “Barselona” jamoasi futbolchisi Neymar OAVga qarata “PSJ darvozasiga 2 ta gol urishga vada beraman” deya takidlagandi. Kecha futbolchi mana shu vadasining ustidan chiqdi va raqib darvozasini ikki bor ishg'ol qildi. 


Birinchi golini jarima zarbasidan unumli foydalangan holda to'pni darvoza to'riga joylab qo'ygan bo'lsa ikkinchi golini penaltidan raqib darvozasini ishg'ol qildi va jamoadoshlari joniga oro kirdi. Hakam tomonidan mana shu belgilangan penalti qanchalik xaqli edi, bilmadim. Lekin qarorni maydonda hakam chiqaradi, biz esa uni o'zgartirmaymiz, o'zgartira olmaymiz ham.  Ushbu bahs yakunlanishiga 1 daqiqa qolganida Serjio Roberto PSJ darvozasiga tarixiy golni urdi va jamoasiga keyingi bosqich yo'llanmasini taqdim etdi. 


Serjio Robertoning golidan so'ng “Nou Kamp” larzaga keldi. “Barselona” o'ziga xos “comeback”ni amalga oshirdi. PSJ futbolchilari esa xuddi, yomon tush ko'rayotgandek edi. Bir tarafda “Barselona” klubi azolari quvonch ko'z yoshlarini to'kayotgan bo'lsa ikkinchi tarafda Unai Emari va PSJ futbolchilari mag'lubiyat alamidan ko'z yoshlarini tiya olishmadi. 



Jahongir Sotvoldiev


Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика