"Barselona"dagilar qishda tarkibni kuchaytirishga qaror qildi

Aslanov Jasurbek
30 okt 2015, 12:12
"Barselona" rahbariyati va murabbiylar shtabi qishki transfer oynasida faollik ko'rsatmoqchi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Kataloniya klubi avval qishki xaridlarga shubha bilan qarar edi, ammo "Vilyanovense" bilan Ispaniya Kubogidagi durang shubhalarni tarqatib yubordi. O'sha uchrashuvda "Barselona" tarkibida jamoaning asosiy futbolchilari juda kam edi, ammo kataloniyaliklarning o'yin darajasi muxlislarni ranjitdi.

Oldinroq "Barselona" bosh murabbiyi Luis Enrike o'z jamoasi tarkibida "Selta" hujumchisi Nolitoni ko'rmoqchi ekanligini ma'lum qilgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: El Mundo Deportivo