So’nggi yangiliklar

18:00Футзал бўйича BMB CUP мусобақасида энг кучлилар тақдирланди   1 17:46"Реал Сосьедад" Испания ёшлар терма жамоаси аъзосини сотиб олади  1 17:21Эшитдик-да! Санжар Қувватов "Нефтчи"ни тарк этди, у Суперлиганинг бошқа бир грандига ўтади  14 16:56Эшитдик-да! "Навбаҳор" "Олимпик"нинг 2 футболчисига жиддий қизиқмоқда  5 16:33Фабрицио Романо: Калафьорининг "Арсенал"га трансфери яқин кунларда ҳал бўлади  1 16:05"Навбаҳор", "Пахтакор" собиқ футболчиси Вячеслав Понамарёв ҳозир қаерда?  8 15:39"Раҳмоналиевни "Рубин"га Леонид Слуцкий таклиф қилган". Умаралининг агенти унинг "Рубин"га ўтиши ва адаптацияси ҳақида  1 15:33"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 10 ёшли Амир Мельзиддинов  2 15:22Ўзбекистон "Mirabror Usmanov Cup-2024"да Тожикистонни мағлуб этган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  1 14:56Беллингемнинг "Ливерпул"даги дўсти кейинги йил "Реал"га ўтади  5 14:22"Фиорентина" ярим ҳимоячи Андреа Колпанини ўз сафига қўшиб олмоқчи  1 13:58"Бавария" уч нафар футболчиси билан хайрлашишга тайёр  3 13:37Ла Лига энг кўп маош олувчи футболчилар ТОП-10 — рўйхатда "Атлетико"дан битта футболчи бор  1 12:53"Бавария" ва "Ювентус" Англия термаси марказий ҳимоячисини ўз сафига қўшиб олмоқчи   1 12:32Миллатлар Лигаси доирасидаги баҳсда Бельгия Исроилни Венгрияда қабул қилади  4

"Barselona"da reja yo'q. Barchasi betartib Yangiliklar

"Barselona"da reja yo'q. Barchasi betartib

Teglar :  Barselona
"Barselona" kimni sotib olayotgani emas, qanchaga va qanday qilib sotib olayotgani qiziq.

Malkom va Vidalning alo darajadagi futbolchi ekanligiga shubha yo'q. Birinchisi juda yosh va ancha g'ayratli, Villiandan kam joyi yo'q. Ikkinchisi esa haqiqiy johil, jamoadan ketgan Paulinoning o'rnida anchagina samarali harakat qila oladi.

Biroq jamoa ushbu ikki futbolchini aeroportdan ilib ketdi - barcha muammo aynan shunda. Vidal "Barselona"ga o'tishni bir kechadayoq hal qildi. Malkom esa yanvar oyidan buyon deyarli barcha top-klublarning etiborida bo'ldi, biroq ularning orasida "Barselona" yo'q edi. CHunki "Barsa" rahbarlari boshqa klublarning transfer ishlarini etibor bilan kuzatishadi va rejalari bilan doimiy tarzda tanishib borishadi. Ular o'zlarining rejalari qanday?

Bir vaqtlar "Barselona" barcha  sport tashkilotlari uchun namuna edi, hozir unday emas. Bu faqatgina akademiyaning muvaffaqiyatlari tufayli emas, balki avlodlar almashgani bilan baholasa bo'ladi. Ammo hozirda kataloniyaliklar o'sha davrdagi "klubdan ko'ra ko'proq" tanlovi qoidalariga zid tarzda ishlamoqda.

Ular Tomas Vermalenni sotib olishdi, ammo u umuman asosiy tarkib uchun davogarlik ham qilmadi (qolganlardan anchagina sustroq bo'ldi), hatto zaxirada ham o'tirmadi (chunki ko'p vaqtini jarohatlar bilan o'tkazdi). Aytgancha, Tomas "Barselona"da maosh ham olgan. Yerri Mina: olti oy davomida 5 uchrashuvda maydonga tushdi. Klub undan umidini uzib qo'ydi. Kolumbiyalik JCHda ajoyib o'yin ko'rsatgani "Barselona"ga sotish uchun bahonaga aylandi.

Mantiqan olib qaraganda shunday: Langle kelganidan keyin ortiqcha himoyachilarni boshqa joyga berib yuborish kerak. Tushunarsiz joyi shundaki, yangi bosh murabbiy kelganidan keyin transferlar ishlarida tushunarsizliklar ko'paydi. Nima uchun klubga Mina kerak emas? Nima uchun u jamoaga olib kelindi? Natijada o'zini "Barselona"da ko'rsata olmagan, balki bunga imkoniyat berilmagan kolumbiyalik "Everton"ga o'tdi.

Orqa planda Andre Gomesh ko'rinish bermoqda. U Portugaliya termasidagi ishtirokidan keyin o'zini topa olmadi. Xavbek Kataloniyada 2 yil vaqtini o'tkazdi, shu davr mobaynida uning ustidan ko'p kulishdi va muxlislarning nafratiga uchradi. Rahbarlar yozda uni boshqa jamoaga ketkazib yuborishdi. "Yuventus" Pyanichni sotishga tayyor, faqat anchagina qimmatga, marhamat sotib oling. MYU Mina uchun yaxshigina mablag' taklif qildi, Pogbani ham bermoqchi bo'ldi.

So'nggi takliflar "Barselona"ga moydek yoqdi. Yozda "Barselona" yosh Artur uchun 30 mln evro sarfladi, Vidalni sotib olgan vaqtda Pogba uchun kurash olib bordi. Ispaniyaliklar "Manchester Yunayted"ning holatini hisobga olishmadi, inglizlar transferlar oynasi yopilishiga oz vaqt qolganida qo'yib yubormasligini hisobga olmadi.

Gomesh Mina bilan birgalikda "Everton"ga jo'natib yuborildi, ammo deyarli maydonga tushmayotgan portugaliyalik faqatgina ijaraga berildi. Ikkinchisi esa kutilmaganda o'zini ko'rsatdi, undan keyingi yozda yanada katta mablag' ishlab olsa ham bo'lardi. Endi topilgan pulni navbatdagi Gomeshga ishlatish kerak emas.

"Barselona" selekciyasi "Yuventus"nikiga o'xshash. Misol uchun, italiyaliklar pulni yulduz bo'lmagan, ammo foydali futbolchilar (Jan, Xedira, Matyuidi) uchun sarflashga harakat qilsa, kataloniyaliklar transferning marketing tomonlarini o'ylaydi va pulni asrashga intiladi.

Kichkinagina bolakay 6 oyda o'z sevimli o'yinchog'ini esdan chiqarishi mumkin, biroq undan keyin ota-onasidan yanada qimmatlisi va chiroylisini so'raydi. U kassani oldiga allaqachon borib bo'lgan bolalarning ishqini qo'zg'atadi. SHu boisdan "Barselona" yosh ikki gollandiyalik De Yong va De Ligtlarning o'rniga tajribali Villian va Raboni ko'zladi. Ammo ularning o'rnini Vidal va Malkom egalladi.

"Barselona" duyon darajasidagi futbolchilarga to'la, biroq ular o'z darajasida bo'lib, necha yil natija bera oladi? Ehtimol, yana bir necha shunday tartibsiz transferlar oynasida ishlasa, "Barselona"ning yaxlit mexanizmida uzilishlar yuzaga keladi va futbolchilar uchun boshqa joylar yaxshiroqdek ko'rina boshlaydi. Huddi, Andre Gomesh singari.

Bu qachongacha sodir bo'lishini bilmaymiz. Messining ham davri o'tmoqda. Xavi va Inesta ketganidan keyin aynan argentinalik futbolchi jamoaning asosiy qutqaruvchisi bo'lib turibdi. Leo - umrboqiy emas. SHu boisdan "Barselona" tartibsizlikni yig'ishtirib, oldingi holatiga qaytishi kerak.

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting: +30   
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика