“Barselona” yozda Trentni arzonroq narxda sotib olmoqchi
19 apr 2023 09:54
Yangiliklar


“Barselona” yozda Trentni arzonroq narxda sotib olmoqchi
“Barselona” yaqinlashib kelayotgan transfer oynasida “Liverpul”ning o'ng qanot himoyachisi Trent Aleksander-Arnoldni sotib olmoqchi.
Team Talk nashri xabar berishicha, Kataloniya klubi bosh murabbiyi Xavi allaqachon “Barselona” prezidenti Joan Laportga futbolchini sotib olishni so'rab murojaat qilgan. “Barselona” “Liverpul”ning 2023/24 yilgi Evrokuboklar mavsumini o'tkazib yuborishiga umid qilmoqda, bu esa kataloniyaliklarga futbolchini arzonlashtirilgan narxda sotib olishga yordam beradi.
24 yoshli himoyachi joriy mavsumda barcha turnirlarda 39 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning “Liverpul” bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt futbolchining narxini 65 million evroga baholamoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar