"Barselona" yarim milliarddan ko'proq miqdorda kredit oldi
20 iyu 2021 23:18
Yangiliklar
"Barselona" yarim milliarddan ko'proq miqdorda kredit oldi
Kataloniyaliklar moliyaviy ahvolni o'nglash uchun qarz oldi.
"Barselona"ning og'ir moliyaviy ahvoli klubni 525 million evro qarz olishga majbur qildi. Klub ushbu mablag'larni to'lovlar va qayta moliyalashtirishga sarflashini elon qiladi. Kredit Goldman Sachs investiciya banki tomonidan 15 yilga taqdim etildi.
Eslatib o'tamiz, bahorda Joan Laporta "Barselona" prezidentligiga qaytgandi. U klubni avvalgi darajasiga qaytarmoqchi.
O'tgan mavsumda "Barselona" faqat bitta sovrin — Ispaniya kubogini qo'lga kiritdi.
Fikrlar