"Barselona" yana bir futbolchisini sotishni rejalashtiryapti
Tolibjon Qosimov
13 avg 2014, 11:05
"Barselona"ning yangi murabbiyi Luis Enrike keyingi mavsumda nechta futbolchi ishtirok etishi haqida o'z fikrini bildirdi.
Ko'k-anorranglilarning asosiy tarkibi 23 futbolchidan iborat bo'ladi, ammo ayni damda mashg'ulotlarda 24 ta futbolchi shug'ullanmoqda. Tahmin qilinishicha, klub Dani Alvesni sotuvga qo'ymoqchi.