"Barselona" "Valensiya" xavbeki uchun 35 million evro sarflashga tayyor

Alisher
6 mar 2020, 12:44
"Barselona" "Valensiya" yarim himoyachisi Ferran Torresga qiziqish bildirmoqda.

Xabarlarga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" 20 yoshli futbolchi bilan yozda shartnoma imzolamoqchi.

"Barselona" Torresni 35 million evro evaziga o'z tarkibiga qo'shib olmoqchi. Bundan tashqari, xavbekning tovon puli 100 million evroni tashkil etadi.

Ferran joriy mavsum barcha musobaqalarda 34ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 6ta assistga erishgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Mundo Deportivo