"Barselona" va "Milan" Kanseluga ko'z tikmoqda
27 jan 2023 19:02
Yangiliklar
"Barselona" va "Milan" Kanseluga ko'z tikmoqda
La Liga peshqadami jamoaning o'ng qanot himoyasini kuchaytirishni istaydi. Kanselu Jahon chempionatidan qaytganidan buyon Pep Gvardiola jamoasida asosiy tarkibda o'rin olish uchun kurashmoqda. "Barsa" esa portugaliyalik futbolchini o'ng qanotdagi asosiy nomzod sifatida qaramoqda, hatto "Siti" kamida 70 mln evro talab qilsa ham.
"Barselona" yozda bir qator o'z qanot himoyachilarini ko'rib chiqadi. Hozircha nomzodlar qatorida "Bavariya"dan Benjamen Pavar va "Borussiya" Dortmund futbolchisi Toma Mene bor.
Nima bo'lishidan qati nazar Kanselu uchun bo'ladigan har qanday harakat Kataloniya klubining ayni paytda "Milan"da ijarada bo'lgan Serjino Destni transfer qila olishi yoki aksi bo'lishiga bog'liq bo'ladi. A Seriya klubi mavsum so'ngida Dest bilan doimiy bitim tuzishi dargumon. "Rossoneri" ham Kanseluga qiziqish bildirmoqda.
28 yoshli futbolchi 2018 yilda Kataloniya klubi bilan shartnoma tuzishga yaqin kelgan edi.
Fikrlar