So’nggi yangiliklar

11:54Асрор Алиқулов жамоадан кетгани йўқ — "Машъал"  0 11:34Қирғизистон клуби "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  1 11:21"Машъал" андижонлик футболчи билан шартнома имзолади  1 10:50"Нефтчи"ни яна бир тажрибали футболчи тарк этиши мумкин  2 10:16"Ливерпуль" футболчиси Италияга қайтишга яқин  4 09:47"Хоразм" легионери билан хайрлашди  1 09:14Одил Абдумажидов фаолиятини юртимизда давом эттиради  1 08:40"Нефтчи" яна бир легионер футболчи билан хайрлашишга яқин  11 08:13“Мираброр Усмонов кубоги-2025”. Бугун Саудия Арабистонига қарши баҳс олиб борамиз  5 07:30Саудия Арабистони футболчилари Ўзбекистон U-23га қарши баҳс олдидан нималар деди?  0 00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  4 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  4 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  4

"Barselona" va "Liverpul" sobiq yulduzi Toshkentga etib keldi FOTO Yangiliklar

"Barselona" va "Liverpul" sobiq yulduzi Toshkentga etib keldi FOTO

Xabaringiz bor, Professional Futbol Ligasi hamda La liga hamkorligi doirasida bugun poytaxtimizdagi "Milliy" stadionda yurtimizda ilk bora "Ommaviy El Klasiko" tomoshasi bo'lib o'tadi.

Mazkur tadbirda La liga elchisi - yaqin o'tmishning mohir futbolchilaridan biri Luis Garsiya ham ishtirok etadi.  Bugun erta tongda jahon futbolida o'z izini qoldira olgan futbolchilardan biri Garsiya Toshkentga etib keldi.  Uni bir qator ispan futboli shinavandalari,  futbolimiz jamoatchiligi vakillari tantanali tarzda kutib olishdi.  
 
Luis Garsiya "Ommaviy El Klasiko" tadbirida qatnashadi va yosh futbolchilarga mahorat darsi o'tib beradi.  Qolaversa,  "Barselona" - "Real M" uchrashuvi oldidan Temur Kapadze boshchiligidagi "Real Madrid" vakillariga qarshi "Barselona" safida ko'rgazmali o'yinda maydonga ham tushadi.

- Toshkentda bo'lib turganimdan juda ham mamnunman.  Bugungi kun doirasidan o'rin olgan barcha tadbirlarni yuqori saviyada o'tkazishimizga ishonaman.  "El klasiko"dek juda muhim uchrashuvni o'zbekistonlik futbol ishqibozlari bilan tomosha qilish imkoniyatiga egaligimdan xursandman.  Futbol targ'ibotini kuchaytirishga xissa qo'shayotganimdan va bu orqali O'zbekistonda ham do'stlar orttirayotganimdan baxtiyorman,  - deya fikr bildirdi Garsiya.  
 
Takidlab o'tamiz,  bugun soat 12:15 da Luis Garsiya ishtirokida matbuot anjumani ham tashkil etiladi.

Yurtimizdagi "Barselona" fan klubi vakillari Luis Garsiyaga maxsus o'zbekcha naqshlar tushirilgan futbolka sovg'a qilishdi.


Foto: Abdullo Fayzullaev

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика