“Barselona” va “Bavariya Vidal borasida muzokara olib borishmoqda
03 avg 2018 08:32
Yangiliklar
“Barselona” va “Bavariya Vidal borasida muzokara olib borishmoqda
“Bavariya” yarim himoyachisi Arturo Vidal “Barselona”ga o'tishga yaqin turibdi.
Bir qator italiyalik mashhur jurnalistlar – Fabricio Romano, Janluka Di Marcio, Luka Markettining xabar berishlaricha, kataloniya klubi futbolchining transferi borasida so'nggi detallarni muhokama qilmoqda.
Vidalning o'zi allaqaon “Barselona” bilan shaxsiy kelishuvga erishgan. Amaldagi Ispaniya chempionlari futbolchi uchun 20-25 million evro to'lashi kutilmoqda.
Eslatib o'tamiz, Arturo ilgariroq faoliyatini “Inter”da davom ettirishi mumkinligi haqidagi xabarlar tarqatilgandi.”Bavariya”ga kelishidan ilgari Vidal to'rt mavsum “Yuventus”da to'p tepgandi.
31 yoshli yarim himoyachi joriy mavsumda Germaniya Bundesligasida 22 uchrashuvda maydonga tushib, oltita gol urdi va ikkita golga assistenlik qildi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. Бир неча кун олдин "Барселона"ни тор-мор этган "Атлетико" чемпионат аутсайдерига йирик ҳисобда мағлуб бўлди ва тўртинчи ўринга тушиб кетди
Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги илк ғалабасини тантана қилди, аммо юришини гуруҳ босқичида якунлади
Англия Кубоги. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Салфорд Сити"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди
Родри дисквалификация қилиниши мумкин
Fikrlar