So’nggi yangiliklar

01:05ОФК президенти Париж Олимпиадасида Осиё номидан иштирок этувчи терма жамоалар ва мусобақа расмийларига табрик йўллади  0 00:46Трент Беллингем билан дўстлиги сабаб "Реал Мадрид"га ўтиши мумкин  0 00:10"Сўғдиёна" Суҳроб Иззатов ва Умид Султонов трансферини эълон қилди  1 23:46"Локомотив" ўртоқлик ўйинида Қувайт клубига имкониятни бой берди  0 23:18"Динамо"да кўрикдан ўтаётган бразилиялик вингерга жавоб берилди  2 22:52Ўртоқлик ўйини. "Динамо" Қирғизистон клубини яна бир марта мағлуб этди  4 22:20Интервью. Шавкат Саидов: "Яна янгиликларимиз бор"  1 21:50Mirabror Usmanov Cup-2024. Ўзбекистон футзал термаси Тожикистонни мағлубиятга учратди  0 21:26Расман: Сергей Лушчан "Навбаҳор" клуби бош мураббийи сифатида таништирилди  23 21:03Ўртоқлик учрашуви. ОКМК Беларусь клубига имкониятни бой берди  1 20:35Эшитдик-да! "Навбаҳор"нинг асосий футболчиси легионерга айланиши мумкин  31 20:16Париж-2024. Ҳар бир терма жамоадаги катта ёшли футболчилар  8 19:49Ван Дейк NBA афсонаси Леброн Жеймс билан суратга тушди  4 19:21"Комо" Бонавентурани сотиб олмоқчи  1 18:53Mirabror Usmanov Cup-2024. Қирғиз Республикаси илк учрашувда Гватемаладан устун келди  2

"Barselona" transformaciyasi: qanday qilib ikki portugaliyalik kataloniyaliklarni o'zgartirishdi? (mutolaa uchun) Yangiliklar

"Barselona" transformaciyasi: qanday qilib ikki portugaliyalik kataloniyaliklarni o'zgartirishdi? (mutolaa uchun)

Yangi o'yinchilarning "ko'k-anorranglilar" o'yinidagi tasiri haqida gapirib beramiz.

"Barselona" transfer oynasining so'nggi soatlarida Joau Feliks va Joau Kanseluni ijaraga oldi. Birinchisi Kataloniyaga "Atletiko"dan, ikkinchisi esa "Manchester Siti"dan o'tdi. Ularning ikkisi ham faoliyatini "Benfika"da boshlashgan, murabbiy bilan kelishmovchiliklari bo'lgan, keyin esa bitta kunda "ko'k-anorranglilar" safida paydo bo'lishdi. Muhimi portugaliyaliklar ularni qanday ishlatishni biladigan murabbiy qo'l ostiga tushishdi.

"Barselona"ning haqiqiy kuchi haqida xulosa chiqarishga hali erta. Ammo, qayd etish kerakki, jamoa tarkibi uzoq vaqtdan beri ilk bor maksimal tarzda shakllangan ko'rinmoqda. Kataloniyaliklar og'ir moliyaviy vaziyatga qaramay, yozda Ilkay Gyundogan, Feliks, Kanselu va Oriol Romeu bilan shartnoma imzolashdi. Ulardan so'nggisi Serxio Busketsning arzon o'rinbosari hisoblanadi. U bir necha muammolarni hal qilishga va Xavi uchun o'ta muhim bo'lgan poziciyalarning chuqurligini qo'sha oladi.

"Ko'k-anorranglilar" doim ham pozicion o'yinni tuzishning uddasidan chiqa olishmaydi. Agar bir o'yinchi maydonning malum bir qismini tark etsa, boshqasi uning o'rnini egallashi kerak. Bu futbolchilar o'rtasidagi optimal masofaga olib keladi va uzatmalar uchun bir nechta variantlarni ochadi. Agar barcha o'yinchilar maydonda to'g'ri joy tanlashsa, yaxshi mudofaa balansi saqlanib qoladi, mudofaadan hujumga chiqish esa tez va sifatli bo'ladi.



"Barselona" imkon boricha Jordi Alba, Serxio Buskets va Jirer Pikega tayandi, sababi ular Xavi xohlayotgan narsani tushunishardi. "Men Gyundogan va Kanselu haqida hech narsa gapirishim kerakmas, sababi ularda huddi biz kabi o'ynaydigan murabbiy [Gvardiola] bo'lgan", — dedi mutaxassis "Antverpen" (5:0)ga qarshi CHempionlar ligasidagi g'alabali o'yindan so'ng.

Doim ayblanadigan o'yinchilardan biri Frenki de Yong edi. Niderlandiyalikdan juda ko'p narsani talab qilishgan. Ammo, xavbek ijodiy qarorlarning yagona manbai bo'lganda emas, tizim ichida o'zini yaxshiroq ko'rsatmoqda. U intizomli va undan talab qilinadiganini qilishga harakat qiladi, ammo unga qo'llab-quvvatlov kerak. De Yong Feliks va Kanselu kelganidan so'ng to'p bilan biroz kamroq ishlaydigan bo'ldi, ammo hali ham jamoaning muvaffaqiyatini taminlashda muhim rol o'ynaydi.

Kanselu 90 daqiqada o'rtacha 91,4 bor to'pga teginadi. Faqatgina Jyul Kunde, Andreas Kristensen, de Yong va Romeugina undan ko'proq teginishadi. SHu bilan birga, u 90 daqiqa ichida o'rtacha 47,5 bor raqib maydonida to'pga teginadi, bu esa jamoada de Yong, Romeu va Gyundogandan keyingi to'rtinchi natijadir. Joau nominal tarzda o'ng himoyachi hisoblanadi, ammo uning ish hududi ancha kengroq.



Kanselu kelguniga qadar Kunda yoki Ronald Arauxo bazida o'ng qanotda o'ynashardi, ammo ularning hech birida doimiy poziciyalaridan tashqarida o'ynash uchun etarli sifatlar yo'q. Endi "Barselona"da bu joy uchun Kanselu bor, ammo, agar Xaviga ko'proq himoyalanish kerak bo'lsa, u yarim himoyada de Yong va Romeuga yordam berishi mumkin. Kanseluning maydondagi roli ancha keng. Unga ham mudofaada, ham hujumda turli vazifalarni topshirish mumkin.

Boshqa bir Joau esa pozicion hujumlar uchun ideal mos tushadi. Eng yaxshisi esa Xavi uni ishlatayotgan chap vinger rolida. Portugaliyalik yaqinda u o'z futbolini o'ynashi va yana maydonda bo'lishdan rohat olish uchun Kataloniya klubiga o'tishda maoshining sezilarli darajada qisqarishiga to'g'ri kelganini aytdi. Uning "Atletiko"da qiyinchiliklarga uchraganining yana bir sababi hujumdagi sheriklar bilan o'zaro bog'liqlik yo'qligi va yarim himoyachi roli edi.



Feliksning aytishicha, uning "Barselona"dagi ishlari kutganidan ham yaxshiroq ketmoqda. Xavi unga u xohlagan erkinlikni bergan. Endi portugaliyalik ham o'zi, ham sheriklari uchun vaziyatlar yaratishi mumkin.

Kanselu va Feliksning kelishi nafaqat "ko'k-anorranglilar"ning butun jamoasi uchun, balki alohida bir o'yinchilar uchun ham foydali bo'ldi. Masalan, Gavi so'nggi oylarda Xavining doimiy o'zgarishlari qurboni bo'layotgandi. U yaxshi markaziy xavbek sifatida chap vinger poziciyasida o'ziga ishongandek ko'rinmadi. Ammo, endilikda Feliks hujumning chap qanotida o'ynasa, Gavi unga qulayroq bo'lgan markazga qaytishi mumkin.

Feliks esa aksincha maydon markazini yoqtirmaydi. U himoyachilarni o'ziga tortgan holda jarima maydonchasi atrofi va markazida yaxshi sifatlarini ko'rsatadi. U va Gavi o'rtasida atigi bir necha metr mavjud, ammo bu ikki futbolchining o'yinga qanday tasir ko'rsatishida juda muhim. Hujumning boshqa bir chizig'ida katta ehtimol bilan Rafinya, Ferran Torres va Lamin Yamaldan tashkil topgan guruh paydo bo'ladi.



Uch vingerning ham o'xshash jihatlari mavjud, ammo shu bilan birga ularda turli xil sifatlar mavjud va murabbiy o'yin davomida keraklisini tanlab oladi. Hozirda o'ng qanotda qachonlardir Usmon Dembele sabab ikkinchi darajali bo'lib qolgan o'yinchilar harakat qilmoqda. Robert Levandovski so'zsiz uning yonida Feliks borligidan, Kanselu esa unga to'plarni etkazib berishidan yutdi.

SHuningdek, jarohati sabab esdan chiqishni boshlagan Pedri bor. Ispan jarohatidan tiklanayotgan bir paytda jamoadagi raqobat jiddiylashib bormoqda. Ammo, yarim himoyadagi qayta qurish Xavi uchun yoqimli muammo bo'lishi mumkin. SHuningdek, yanvarda "ko'k-anorranglilar" safiga forvard Vitor Roke, yozda esa himoyachi Xulian Arauxo qo'shilishi kerak. Kataloniyaliklarda katta turnirlarga tayyor bo'lgan jamoa yig'ildi. Xavi sifatli tarkib va yangi shartnoma oldi – endi barchasi unga bog'liq.


Footballhd.ru The Analyst materiallari asosida tayyorladi. Alisher Ostonov tarjimasi.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика