"Barselona" sud tomonidan katta summadagi soliqni to'lashga hukm qilindi
10 fev 00:24
Yangiliklar
"Barselona" sud tomonidan katta summadagi soliqni to'lashga hukm qilindi
Klub agentlarga to'lanishi kerak bo'lgan summalarni futbolchilarning maoshi orqali to'lab kelgan.
"Barselona" klubi sud tomonidan rasman 23 mln evro soliq to'lashga hukm qilindi. Gap klub 2012-2015 yillar mobaynida futbolchilarning agentlariga to'lanishi kerak bo'lgan pullar haqida ketmoqda.
Sudning qaroriga ko'ra, "Barselona" klub malum davr mobaynida agentlarga berilishi kerak bo'lgan foizlarni to'g'ridan-to'g'ri to'lamagan. Klub bu pullarni futbolchilarning maoshiga qo'shgan. Futbolchilar esa o'z maoshlaridan agentlarga kerakli summani o'tkazib bergan. SHunday qilib, sud agentlarga to'lanishi kerak bo'lgan komissiya soliqqa tortilishi shart deb topdi.
"Barselona" klubi esa bu qarordan norozi ekani haqida bayonot berib ulgurdi.
Fikrlar