"Barselona" Spotify bilan kelishuvni tasdiqladi
03 apr 2022 19:15
Yangiliklar
"Barselona" Spotify bilan kelishuvni tasdiqladi
"Barselona" Spotify striming xizmati bilan kelishuvni ratifikaciya qildi.
Delegatlarning navbatdan tashqari yig'ilishida kelishuv ovoz berganlarning 89 foizi tomonidan maqullandi.
Klubning yangi bosh homiysi bo'lgan Spotify logotipi 2022/23 yilgi mavsumdan boshlab "Barselona" erkaklar va ayollar jamoalari formalarining old tomonida paydo bo'ladi va to'rt mavsum amal qiladi. Uch mavsumga mo'ljallangan shunga o'xshash kelishuv mashg'ulotlar uchun ham amal mo'ljallangan.
"Kamp Nou" stadioni nomiga qo'shimcha kiritish bo'yicha uzoq muddatli shartnoma 2022 yilning iyul oyidan kuchga kiradi va 12 yil shu nomda ataladi.
Manbaning xabariga ko'ra, "Barselona" Spotify bilan o'n ikki mavsum hamkorlik qilgani uchun kamida 435 million evro oladi.
Fikrlar