"Barselona" sobiq futbolchisi YTH oqibatida vafot etdi
15 may 2022 19:05
Yangiliklar
"Barselona" sobiq futbolchisi YTH oqibatida vafot etdi
Kataloniya klubi sobiq hujumchisi Maksi Rolon avtohalokatda halok bo'ldi.
Manbaga ko'ra, 27 yoshli argentinalik akasi bilan birga vafot etgan. Hujumchi bo'lgan mashina yo'ldan chiqib ketgan va daraxtga borib urilgan.
Rolon 2007 yildan beri Kataloniya klubi tizimida. Hujumchi "Barselona" o'rinbosarlari safida 24 ta o'yinda 2 ta gol urgan.
Uning so'nggi klubi Iroqning "Al Divaniya" jamoasi edi. SHuningdek, Rolon Braziliya, CHili va Ekvador klublarida ham o'ynagan.
Fikrlar