“Barselona” sobiq azosi Messini haqorat qilgani uchun uzr so'radi
02 iyu 2020 20:10
Yangiliklar
“Barselona” sobiq azosi Messini haqorat qilgani uchun uzr so'radi
1998 yilgi jahon chempioni Kristof Dyugarri gaplaridan pushaymonligini aytdi.
Gap shundaki, Antuan Grizmann atrofida bo'layotgan muammolar haqidagi muhokamada Dyugarri kataloniyaliklar sardori Lionel Messini “yarim autist bo'lgan 1,5 metrli bolakay”, deya tariflagandi.
“Lionel Messi haqidagi so'zlarimdan chin dildan afsusdaman. Autizm bilan kasallangan odamlarni haqoratlashni xohlamagandim. Barchadan kechirim so'ramoqchiman”, deydi Dyugarri.
Fikrlar