So’nggi yangiliklar

01:00ЛаЛига старт олди! Мавсумнинг илк ўйинида ғолиб аниқланмади  6 00:46Ўзбекистон футзал термаси Анголани мағлуб қилди  1 00:25Денис Коростиченко: "Футболчилар фақатгина ўзини намойиш этиш учун эмас, балки жамоа учун ва "Олимпик" номи учун курашишмоқда"  1 00:10Иван Бошкович: "90 дақиқа ўйинни назорат қилишнинг иложи йўқ. Мақсадимиз ҳар бир рақибни мағлубиятга учратиш"  4 23:57Максим Шацких: "Ҳар икки кунда футбол ўйнаяпмиз"   12 23:10Айбек Нурбаев: "Ўз хатоларимиз эвазига мағлуб бўлдик"   1 23:05Баҳром Ҳайдаров: "Мағлубиятда дарвозабонни айбламаган бўлардим"  1 22:51"Акрон" ғалаба қозонди, Эсанов тўлиқ ўйнади   5 22:42Суперлига. "Олимпик" - "Сўғдиёна" 0:1  0 22:25Суперлига. "Сўғдиёна" "Олимпик" устидан тарихий ғалабага эришди  13 22:12Ўзбекистон кубоги. "Пахтакор" қўшимча бўлимларда пенальтидан урилган гол эвазига "Бунёдкор"ни мағлуб этиб, ярим финалга йўл олди  31 22:08ПРО-Лига. "Машъал" ўз майдонида "Арал"га имконият қолдирмади  1 21:46Виталий Левченко: "Жасур Жалолиддинов ҳақидаги хабарни Championat.asia сайтида ўқидим"   8 21:40Григорий Колосовский: "Навбатдаги 2 очкони йўқотдик"   3 21:28Эшитдик-да! Ҳусановнинг жамоадоши "Аталанта"га ўтмоқда  2

Ispaniya Kubogi. "Barselona" kambek amalga oshirdi va finalga yo'l oldi Yangiliklar

Ispaniya Kubogi. "Barselona" kambek amalga oshirdi va finalga yo'l oldi

Ispaniya kubogining yarim finalidan o'rin olgan "Barselona" - "Sevilya" uchrashuvi yakuniga etdi.

Barcelona

Ousmane Dembele - 12', Gerard Pique - 90', Martin Braithwaite - 95'

Copa del Rey . Semi Finals-tur

04/03/2021, 00:00

0
:
3
Finished AET

Sevilla

Stadion: Camp Nou, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Jose Sanchez

45'
90'
120'
12'  Ousmane Dembele
63'  Sergino Dest (Antoine Griezmann)
67'  Oscar Mingueza
73'  Lionel Messi
78'  Sergio Busquets (Ilaix Moriba)
78'  Oscar Mingueza (Junior Firpo)
89'  Pedri (Martin Braithwaite)
89'  Ousmane Dembele (Trincao)
90'  Gerard Pique
90'  Antoine Griezmann
95'  Martin Braithwaite
95'  Jordi Alba
119'  Trincao
37'  Fernando
54'  Luuk de Jong (Ivan Rakitic)
54'  Marcos Acuna (Karim Rekik)
54'  Aleix Vidal (Jesus Navas)
62'  Oliver Torres (Lucas Ocampos)
73'  Lucas Ocampos
79'  Suso (Alejandro Gomez)
90'  Fernando
100'  Joan Jordan
101'  Jules Kounde
103'  Youssef En-Nesyri
103'  Luuk de Jong
106'  Joan Jordan (Munir El Haddadi)


"Barselona" – "Sevilya" 3:0

"Kamp Nou"

Gollar: 1:0 – 12 Dembele, 2:0 – 90 Pike, 3:0 – 95 Breytueyt.

"Barselona" – ter Stegen, Alba, Mingesa (Firpo, 78), Langle, Dest (Grizmann, 63), Pedri (Breytueyt, 89), de Yong, Dembele (Trinkau, 89), Buskets (Moriba, 78), Pike, Messi.

"Sevilya" – Vaclik, Akunya (Rekik, 54), Kunde, Diego Karlos, Oliver Torres (Okampos, 62), Aleish Vidal (Navas, 54), Fernando, Jordan (Munir, 105), Suso (Gomes, 79), de Yong (Rakitich, 54), En-Nesiri.

Ogohlantirishlar: Fernando (37), Mingesa (67), Messi (73), Jordan (100), Kunde (101), En-Nesiri (103).

CHetlatishlar: Fernando (90), de Yong (103).



UCHRASHUV YAKUNLANDI!

119. Trinkau raqibga nisbatan qo'pol o'ynagani uchun ogohlantirildi.

108. Pike jarohat olgan ko'rinadi va shifokorlar unga maydonda tibbiy yordam ko'rsatishmoqda.

106. Davom etamiz.

KICHIK TANAFFUS!

105+1. Vaylik seyv ijro etib, jamoasini goldan saqlab qoldi.

103. Bosh hakam "Sevilya" zaxirasida o'tirganlarga ketma-ket qizil kartochka bermoqda. Referiga "otilayotgan gaplar" yoqmayotgan ko'rinadi.

101. PENALTI YO'Q!

99. "Sevilya" futbolchilari to'p Langlening qo'liga tegdi deb baqarishmoqda. Haqiqatdan ham shunday bo'lgan ekan. Vaziyatni VAR ko'rib chiqmoqda.

98. Messi raqib jarima maydonchasi ichida "Sevilya" futbolchilarini aldashga kirishib ketdi va hujumni muvaffaqiyatli yakunlay olmadi.

95. GOOOOOL! Zaxiradan o'yinga qo'shilgan Breytueyt gol urdi va jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi! Albaning qanotdan uzatmasi Martinning bosh bilan bergan zarbasi orqali muvaffaqiyatli yakun topdi.

94. Firpodan zarba. Vaclik to'pni egallab oldi.

91. Ekstra taymlar boshlandi.

UCHRASHUVNING ASOSIY VAQTI YAKUNLANDI! NAVBAT EKSTRA TAYMLARGA!

90+4. GOOOOL! PIKEEEEEE! Messi burchakdan uzatgan to'pidan so'ng Grizmann qarama qarshi qanotdan to'pni jarima maydonchasiga yukladi, Pike esa raqiblaridan baland sakrab umumiy hisobni tenglashtirdi. GOLNI TELEGRAM KANALIMIZDAN KO'CHIRIB OLISHINGIZ MUMKIN.

90+3. To'p jonli devorga tegdi. Burchak zarbasi.

90+2. QIZIL KARTOCHKA. Fernando katta tezlikda ketayotgan Trinkauni yiqitdi va ikkinchi sariq kartochkani olib maydonni tark etdi. "Barselona" esa yaqin masofadan jarima zarbasini amalga oshiradi. To'p qarshisida hamma kutgan Messi.

89. O'zgarishlar: Pedri o'rniga Breytueyt, Dembele o'rniga Trinkau maydonga tushdi.

88. "Barselona" raqib jarima maydonchasini qamalga olgan va tinimsiz hujumlar tashkil qilmoqda.

87. ZARBAAA... Leo to'pga zarba berganidan so'ng to'p o'z maydonida yiqilib qolgan futbolchining qo'liga tegdi, ammo hakam penalti yo'qligini ko'rsatdi.

84. Dembele yana jarohat olgan ko'rinadi. Futbolchi noaniq zarbadan so'ng oqsay boshladi.

79. O'zgarish: Suso o'rniga Papu Gomes o'yinga qo'shildi.

78. O'zgarish: Firpo hamda Moriba maydonga tushdi.

77. Okampos o'z jarima maydonchasi yonginasida qoida buzdi. Xavfli standart. Biroq hujum xavfli tus olmadi.

73. ZARBAAA... Ter SHtegen to'p yo'lini topdi va jamoasini goldan qutqarib qoldi!

71. PENALTI! Mingesa o'z jarima maydonchasi ichida qoida buzdi! Hakam VAR fikrini ham eshitib ko'radi, ammo ular ham hakam qarorini tasdiqlashsa kerak.

67. ZARBAAAA... Usmon Dembelening o'ng qanotdan uzatgan to'piga Xordi Alba sakrab zarba berdi va to'p darvoza to'siniga tegib qaytdi.

62. O'zgarishlar: Torres o'rniga Okampos, Dest o'rniga Grizmann maydonga tushishdi.

61. Uchrashuvning asosiy vaqti yakunlashishiga yarim soatdan kamroq vaqt qolyapti, biroq Kataloniya klubi hali ham umumiy hisobda orqada.

54. "Sevilya"dan o'zgarishlar: De Yong o'rniga Rakitich, Vidal o'rniga Navas, Akunya o'rniga Rekik maydonga tushishdi.

53. "Barselona" sobiq futbolchisi, ayni damda "Sevilya" sharafini himoya qilayotgan Aleysh Vidal jarohat oldi va o'yinni davom ettira olmaydi.

51. Albaning jarima maydonchasiga uzatgan to'pini "Sevilya" himoyachilari maydondan tashqariga chiqarib yuborishdi. Burchak zarbasi ham benaf yakun topdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

TANAFFUS!

44. Leo raqib jarima maydonchasi oldida yiiqildi, biroq referi yiqilishga ishonmadi o'yin davom ettirishi kerakligini ko'rsatdi.

42. Dest o'ng qanotda raqibiga nisbatan qo'pollik ishlatdi. "Sevilya" amalga oshirgan standart zarba bilan yakun topdi, ammo Ter SHtegen to'pni egallab oldi.

37. Sariq kartochka. Fernando to'pga ulgurmadi va Busketsni umbaloq oshishga majbur qildi. Hakam esa uni jazoladi.

33. "Barsa" futbolchilari raqib jarima maydonchasi ichida pas o'ynashmoqda. Leo ikki raqibini aldadi va darvozaga zarba berdi, rikoshetdan so'ng Akunya darvozaga kirib ketayotgan to'pni tepib yubordi.

31. Messi va Alba o'rtasidagi "devor" uslubidan so'ng to'p jarima maydonchasi markaziga uzatildi, biroq "Sevilya" himoyachilari to'pni maydondan tashqariga chiqarib yuborishdi.

30. "Sevilya"dagi De Yong hisobni tenglashtirishga yaqin keldi, ammo to'pga birinchi bo'lib Ter SHtegen etib keldi va raqib hujumini bartaraf etdi.

20. "Sevilya"ning tezkor qarshi hujumi gol bilan yakun topishi mumkin edi, ammo zarba yo'liga himoyachi to'g'anoq bo'ldi va to'p unga tegib, maydonni tark etdi.

12. GOOOL! Usmon Dembele raqib jarima maydonchasi chizig'i ustida to'p uzatish uchun jamoadoshini rosa qidirdi, ammo hech kim ochilmagach u darvozani nishonga oldi. Uning o'ng oyoqda bergan kuchli va aniq zarbasidan so'ng to'p darvozaning yaqin burchakidan joy oldi. GOLNI TELEGRAM KANALIMIZDAN KO'CHIRIB OLISHINGIZ MUMKIN.

10. Bahsdaga dastlabki aniq zarba Buskets tomonidan berildi. Ammo uning chap oyoqda bergan zarbasidan so'ng Vaclik to'pni osonlik bilan egallab oldi.

6. Bir daqiqa o'tar-o'tmas yana Usmon xavfli hududda. Franciyalik bu safar raqib darvozasiga zarba berishga muvaffaq bo'ldi, ammo noaniq.

5. Dembele qanotdan uzatilgan to'pni qabul qilishga qiynaldi va to'pni oldirib qo'ydi. 

3. "Barselona"ning ajoyib uzatmalar bilan boshlangan hujumi Joan Jordanning harakatlari tufayli to'xtatildi.

1. Uchrashuv boshlandi.

- "Barselona" "Sevilya"ga qarshi Ispaniya Kubogining birinchi uchrashuvida 0:2 hisobida mag'lub bo'lgan edi. Kataloniya klubi bugun kambek amalga oshirishga urinib ko'radi.

- Jamoalar maydonga chiqib kelishdi.


Barselona – Sevilya

"Kamp Nou"

Barselona - ter SHtegen, Dest, Pike, Buskets, Messi, Dembele, Langle, Pedri, Alba, de Yong, Mingesa.

Sevilya - Vaclik, Aleysh Vidal, Kunde, Karlos, Akunya, Fernando, Jordan, Torres, Suso, En-Nasiri, de Yong.

Reyting: +45   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика