"Barselona" "Sautgempton" himoyachisiga qiziqmoqda
12 may 2022 15:18
Yangiliklar
"Barselona" "Sautgempton" himoyachisiga qiziqmoqda
"Sautgempton" himoyachisi Muhammad Salisu "Barselona"ning short-listida bor.
Kataloniyaliklar himoya chizig'ini mustahkamlashmoqchi va Salisuga qiziqishmoqda. O'yinchi bir yo'la ikki poziciyani yopishi mumkin: markaziy va chap qanot himoyasi. "Ko'k-anorranglilar" rahbariyati ushbu transferni yozda amalga oshirmoqchi.
Salisu "Sautgempton"ga 2020 yilda "Real Valyadolid"dan 12 mln evro evaziga o'tgandi. Uning shartnomasi 2024 yilga qadar mo'ljallangan.
23 yoshli ganalik joriy mavsum jamoa tarkibida barcha musobaqalarda 35ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Умтити Месси ҳақида: "Фақатгина Месси ўйинни ёлғиз ўзи ютишга қодир эди"
Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги дастлабки очкосини қўлга киритди
"Ал Иттиҳод" Салоҳнинг агенти билан музокаралар олиб бормоқда
Кроос Саудия Арабистони лигасини танқид қилди: "Роналдусиз уни яна унутишади"
Fikrlar