"Barselona" Rafinyani sotsa, Messi bilan shartnoma imzolay oladi
01 iyu 2023 00:05
Yangiliklar
"Barselona" Rafinyani sotsa, Messi bilan shartnoma imzolay oladi
Bu haqida braziliyalik vingerning agentlariga ham malum qilindi.
Diario Sport nashrining xabar berishicha, agarda "Barselona" Rafinyani sotishga erishadigan bo'lsa, klub Messi bilan shartnoma imzolashiga imkoniyat yaraladi. Bu fikr braziliyalik vingerning agentlariga ham tushuntirildi.
Rafinyaning sotilishi klub moliyaviy ahvolini ancha yaxshilaydi. SHu bilan birga, klub La Liganing moliyaviy feyr-pley qoidalarini ham buzmaydi. SHu tarzda klub Messi bilan bitim imzolay oladi.
Manbaning qo'shimcha qilishicha, bu rejani amalga oshirish uchun vaqt kam. Sababi, Lionel Messi o'z kelajagini tez orada hal qilish niyatida.
Malumot uchun, Rafinya "Barselona"ga 2022 yilda kelgandi. Futbolchi ushbu mavsum La Liga 35 o'yinida 7 ta gol kiritishga erishdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar