"Barselona" Rabo borasida bayonot berdi
30 dek 2018 20:04
Yangiliklar
"Barselona" Rabo borasida bayonot berdi
"Barselona" PSJ yarim himoyachisi Adrien Rabo bilan bog'liq vaziyat yuzasidan bayonot berdi.
Avvalroq, PSJ sport direktori Anteru Enrike "Barselona" qoidalarga zid ravishda yozda futbolchining o'zi bilan bog'langanini aytgandi.
"Barselona" Franciyada PSJ futbolchisi bilan bog'liq tarqalayotgan xabarlar yuzasidan shuni malum qiladiki, bu borada xech qanday qoidalar buzilmagan.
Aloqa avgust oyida va bir hafta avval o'rnatilgan. Har ikki vaziyatda ham "Barselona" Adrien Raboga qiziqayotganini malum qilish uchun PSJ rahbariyati bilan gaplashilgan.
"Barselona" PSJ va boshqa istalgan klub blian maksimal ravishda shaffof ishlashga harakat qilgan. Klub PSJ futbolchisi Adrien Rabo bilan kelishuv borligi haqidagi xabarlarni rad etadi", - deyiladi bayonotda.
Fikrlar