So’nggi yangiliklar

11:28"Манчестер Юнайтед" иқтидорли хавбекка кўз тикди  0 10:56Умарали Раҳмоналиев: "Сабаҳ"да бошқа жамоаларнинг қандай ўйнаётганига эътибор беришмайди"  0 10:35Интервью. Мурод Бобожонов: “Ўзбек футболчилари учун Ироқда эшиклар очилди"  1 10:15Манба: Ўзбекистон Суперкубогига "Бобур Арена" мезбонлик қилади  2 09:55Хайрулла Каримов: "Суперлигани уйда бошлаш бироз енгиллик бериши мумкин"  1 09:35Арбелоа: "Натижа учун жавобгарликни ўз зиммамга оламан"  13 09:16"Арсенал" Чемпионлар лигасида тарихий рекорд ўрнатди  1 08:55Моуринью Трубиннинг голи ҳақида: "Ғалаба учун хавфли қарор қабул қилдик"  8 08:40"Хоразм" спорт дирекори Хурсандбек Маткаримов: "1-2 турларда барча рақибларнинг даражаси бир хил бўлади"  1 08:15Ислом Исмоилов: "Зич тақвим бизга баҳона бўлолмайди. "Нефтчи" ўз мақсадидан чекинмайди"  8 07:53Умар Эшмуродов: "Бу йилги мавсум ҳам қизиқарли ўтишини кутмоқдаман"  0 03:38ЕЧЛ. Кейинги босқичга чиққан барча жамоалар номи маълум  28 03:25ЕЧЛ. "Арсенал", "Бавария", "Челси", "Ливерпуль" ўз ўйинларида ғалаба қозонишди (сўнгги турнинг барча натижалари)  28 03:20ЕЧЛ. "Барселона" ўз уйида "Копенгаген"ни мағлубиятга учратиб, умумий гуруҳ босқичини 5-ўринда якунлади  32 03:10ЕЧЛ. "Бенфика" дарвозабони 98-дақиқада гол уриб, "Реал"га ҳам, ўз жамоасига ҳам плей-оффни "кафолатлади"  78

"Barselona" qo'rqinchli "Anoeta"da mehmon Yangiliklar

"Barselona" qo'rqinchli "Anoeta"da mehmon

Teglar :  Barselonaprevyu
Bugun, 14 yanvar kuni LaLiganing 19-tur uchrashuvlari davom etadi.

"Levante" - "Selta"

Barselonada kaltaklangan Unsue jamoasi Valensiyaga yo'l oldi. Kataloniyadagi omadsizlikka qaramasdan, Vigo klubi bu bahsda g'alabaga umid qilmoqda. "Selta"ning uchta o'yinlik g'alabasiz seriyasi "Real" va "Barselona" tufayli sodir bo'lganini unutmaslik kerak. "Selta" "Levante" darajasidagi klublarga qarshi xotirjam o'ynaydi. Ushbu jamoalar o'rtasidagi so'nggi 2ta o'yinda 10ta gol kiritilganini hisobga olsak, bugun ham kamida 3ta golga umid qilishimiz mumkin.


"Alaves" - "Sevilya"

Mezbonlar uyidagi ketma-ket 4ta uchrashuvda g'alaba qozonishdi (Ispaniya Kubogi bilan). Jamoa "Mendisorrose" stadionida qayta tug'ilgandek ko'rinmoqda. Italiyalik mutaxassis Vinchenco Montella qo'l ostidagi mehmonlar ayni damda o'z o'yinini izlash bilan band. "Sevilya"ning so'nggi uchrashuvlariga etibor bersak, jamoaning o'yinlarida barqarorlik yo'q. Mehmonlarning mahorati qog'ozda raqibnikidan ustun. Bahsdagi voqealar rivojini taxmin qilish ham juda qiyin.


"Espanol" - "Atletik"

Baskoniyaning asosiy jamoasi asta-sekinlik bilan o'ziga kelmoqda. "Atletik" so'nggi oltita bahsda mag'lub bo'lmadi, ketma-ket uchta uchrashuvda g'alabaga erishdi. "Espanol" esa raqibnikiday jangovar formasi bilan maqtana olmaydi. "To'tiqushlar" oqsamoqda va xatto "Malaga" hamda "Levante" ustidan qozonilgan "quruq" g'alabalar ham tasodifiy bo'lishi mumkin. Bu muvaffaqiyat "Espanol"ning kuchliligidan emas, raqib o'zini ko'rsata olmaganidan darak. "SHerlar"ga qarshi bahsda "to'tiqushlar" o'z qo'shig'ini kuylashi qiyin bo'ladi, chunki jangovar formadagi raqib ovga chiqqan, bu safar ular mezbonlarni qopqonga tushirishi mumkin.


"Real Sosedad" - "Barselona"

San-Sebastyan "Real" va "Barselona" uchun omadsiz shaharlardan biri hisoblanadi. Mahalliy klub "Anoeta"ning o'zgacha "aura"sidan foydalanishni yaxshi biladi. "Real Sosedad" o'z stadionida har qanday raqibga muammo tug'dirib kelgan va bugun ham ular "Barselona"ning "qonini icha" oladi. Kataloniya klubi "Anoeta"dagi so'nggi 5ta uchrashuvning 3tasida mag'lub bo'lgan. Mezbnolar "Barselona" himoyasini sinovdan o'tkazishadi. Mahorat borasida raqibdan ancha ustun bo'lgan ko'k-anorranglilar "Real Sosedad" darvozasini ishg'ol qilishlari qiyin bo'lmaydi, buning ustiga jamoa juda yaxshi formada. Tarkibga qo'shilgan yangi futbolchilar esa Ernesto Valverde jamoasiga kuch qo'shadi.


Uchrashuvlar boshlanadigan vaqt va o'yinlar ko'rsatiladigan kanallar:

16:00. "Levante" - "Selta" (Futbol TV, 

20:15. "Alaves" - "Sevilya" (Aleziya.com)

22:30. "Espanol" - "Atletik" (Aleziya.com)

00:45. "Real Sosedad" - "Barselona" (Aleziya.com, Futbol TV, Match TV, Match! Futbol 3)

Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика