"Barselona" - PSJ uchrashuvini boshqargan hakamda kichik muammo
11 iyu 2019 19:43
Yangiliklar


"Barselona" - PSJ uchrashuvini boshqargan hakamda kichik muammo
Germaniyalik hakam Denis Aytekin Bundesligada bir qancha vaqt ishlamaydigan bo'ldi.
"Der Tagesspiegel" xabariga ko'ra, mavsumoldi majburiy jismoniy imtihonlardan o'ta olmagan.
SHu orqali, Aytekin Germaniya chempionati 1-turida ishlamaydigan bo'ldi. CHunki qayta testlar 8 avgust kuni o'tkaziladi.
Qayd etish kerak, Aytekin o'tgan mavsumda Bundesliganing eng yaxshi bosh hakami deb topilgandi.
Aytekin "Barselona" - PSJ (6:1) uchrashuvidagi hakamligidan so'ng barchaning etiboriga tushgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar