"Barselona" - PSJ uchrashuvini boshqargan hakamda kichik muammo

Mirjalol Normatov
11 iyul 2019, 19:43
Germaniyalik hakam Denis Aytekin Bundesligada bir qancha vaqt ishlamaydigan bo'ldi.

"Der Tagesspiegel" xabariga ko'ra, mavsumoldi majburiy jismoniy imtihonlardan o'ta olmagan.

Shu orqali, Aytekin Germaniya chempionati 1-turida ishlamaydigan bo'ldi. Chunki qayta testlar 8 avgust kuni o'tkaziladi.

Qayd etish kerak, Aytekin o'tgan mavsumda Bundesliganing eng yaxshi bosh hakami deb topilgandi.

Aytekin "Barselona" - PSJ (6:1) uchrashuvidagi hakamligidan so'ng barchaning e'tiboriga tushgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Der Tagesspiegel